«Sportchi biroz ehtiyotsizlik qilgan». Doping tufayli Olimpiadadan mahrum qilingan Hasanboy Rahimov borasida bayonot berildi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
O‘zbekistonlik erkin kurashchi Hasanboy Rahimov (-125 kg) antidoping qoidalarini buzgani uchun 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasidan mahrum qilingani haqida xabar berilgandi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bu borada rasmiy bayonot berdi.
«O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasiga Birlashgan sport dunyosi United World Wrestling (UWW) federatsiyasidan ham rasmiy maktub kelib tushgan. Maktub mazmunida UWW Mustaqil antidoping tashkiloti (ITA) tahlillariga asoslangan holda Hasanboy Rahimovda doping aniqlanganini aytilgan.
Bayon qilinishicha, Hasanboy Rahimovdan o‘tgan yili Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati chog‘ida olingan doping-tahlil ijobiy natija bergan. Tekshiruv Germaniyaning Drezden shahridagi laboratoriyada o‘tkazilgan. Rahimovning qon tarkibida taqiqlangan klomifen (S4 toifa. gormonlar va modulyatorlar, metabolizm/klomifen) moddasi borligi aniqlangan.
Aynan Nur-Sultondagi jahon chempionatida Hasanboy Rahimov 125 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritish barobarida Tokio-2020 Olimpiadasi litsenziyasini ham rasmiylashtirgan edi.
O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining ma'lum qilishicha, Hasanboy Rahimov sog‘lig‘ida yuzaga kelgan muammo sabab shifokor tavsiyasiga ko‘ra, dori vositasi qabul qilgan. Ammo bu vosita tarkibida taqiqlangan klomifen moddasi borligini bilmagan. Sportchi o‘sha paytda sog‘lig‘ini birinchi o‘ringa qo‘ygani uchun biroz ehtiyotsizlik qilgan», - deyiladi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiy xabarida.
Ma'lumot uchun, Hasanboy Rahimovdan tashqari suriyalik Badha Xutaba (-125 kg) va fransiyalik Zelimxon Hojiyev (-74 kg) ham qonidan doping topilgani sababli diskvalifikatsiya qilingandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

17:20 / 20.02.2020
Hasanboy Rahimov Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum etildi. Unda doping aniqlangan

20:10 / 03.02.2020
Erkin kurash bo‘yicha uch karra jahon chempioni Maxov organizmida doping aniqlandi

19:37 / 21.09.2019
Hasanboy Rahimov jahon chempionatida bronza oldi

10:38 / 21.09.2019