Jahon | 19:04 / 19.08.2016
10269
1 daqiqa o‘qiladi

Putin rasmiy Kiyevni vaziyatni keskinlashtirishda aybladi

Foto: © RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Qrimda qo‘poruvchilikni tashkil etganiga o‘z fikrini bildirib, rasmiy Kiyev shu yo‘l bilan vaziyatni keskinlashtirishni xohlagan, degan fikrni ilgari surdi. Bu haqda, RIA «Novosti» agentligi yozmoqda.

Putin bu haqda Rossiya xavfsizlik kengashi majlisida so‘z yuritgan. 

«Biz bu yerda Ukraina armiyasining qo‘poruvchi bo‘linmasining hududimizga kirishga urinishi sabab to‘planib turibmiz. Har holda, Kiyevdagi hamkorlarimiz vaziyatni keskinlashtirishni xohlashgan, buni nima uchun qilishgani ham aniq», — degan Putin.


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid