Ma’lumotlarga köra, uruş boşlanganidan buyon 1577 kun ötgan. Jurnalistlar qayd etişiça, mazkur uruş davomiyligi jihatidan ham Sovet Ittifoqining Ikkinçi jahon uruşidagi iştiroki, ham Birinçi jahon uruşidan oşib ketgan.
Halok bölganlar orasida eng katta uluşni şartnoma asosida yoki köngilli sifatida frontga jalb etilganlar taşkil qiladi. Ular soni 83 ming 384 nafarga yetgan. Şuningdek, 25 ming 662 nafar sobiq mahkum va 19 ming 149 nafar safarbar etilgan fuqaroning halok bölgani tasdiqlangan.
Tadqiqot mualliflari Rossiya armiyasi va boşqa kuç tuzilmalari tarkibida xizmat qilgan 7,2 mingdan ortiq ofitserning ölimi haqida ham ma’lumot töplagan. Ular orasida 15 nafar general bor. Jumladan, beş nafar general-leytenant, yetti nafar general-mayor, ikki nafar zaxiradagi general va Rossiyaga qoçib ötgan bir nafar Ukraina Xavfsizlik xizmati generali ham halok bölganlar röyxatiga kiritilgan.
Tasdiqlangan yöqotişlar soni böyiça Rossiyaning Boşqirdiston va Tatarstan respublikalari yetakçilik qilmoqda.
Tahlilçilarning qayd etişiça, Rossiya armiyasining yöqotişlari har yili oşib bormoqda. Xususan, 2023 va 2024 yillardagi qurbonlar soni avvalgi yillarga nisbatan kamida ikki barobar köpaygan. Eng yuqori körsatkiçlar odatda dekabr oyiga töğri kelgan bölsa, yoz oylarida nisbatan pasayiş kuzatilgan.
Şu bilan birga, halok bölganlar orasida ofitserlar uluşi kamayib bormoqda. Agar uruşning dastlabki bosqiçida ular umumiy yöqotişlarning 10 foizigaça bölgan bölsa, 2024 yil oxiriga kelib bu körsatkiç 2–3 foizga tuşgan. Mutaxassislar buni janglar taktikasi özgarişi va frontga jalb qilinayotgan oddiy askarlar sonining köpayişi bilan izohlamoqda.
«Mediazona» va «Meduza» naşrlari meros işlari reyestri ma’lumotlari asosida olib borgan alohida hisob-kitoblarga köra esa, Ukrainadagi uruşda halok bölgan rossiyalik harbiylar soni taxminan 352 ming nafarga yetgan bölişi mumkin.









