Sport | 19:49 / 21.08.2016
4906
2 daqiqa o‘qiladi

"Midlsbro" "Sanderlend"ga qarshi o‘yinda APL qaytgandan keyingi ilk g‘alabasini nishonladi

Angliya chempionatining ikkinchi turida "Sanderlend" "Stedium of Layt" stadionida "Midlsbro"ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Urugvaylik hujumchi Kristian Stuanining dubli mehmonlarga g‘alaba keltirdi. Uning ikki goliga ham Alvaro Negredo hammualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limda "Sanderlend" himoyachisi Patrik van Anxolt gol urib, hisobni qisqartirdi, ammo "qora mushuklar" mag‘lubiyatdan qutilib qola olmadi.

Shu tariqa, "Midlsbro" chempionshipdan APLga qaytishidan keyingi ilk g‘alabasini nishonladi. Jamoa 2008/09 yilgi mavsum yakunida ligani tark etgandi.

Aytor Karanka murabbiyligidagi bu jamoa ayni vaqtda 4 ochko bilan APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda turibdi. "Sanderlend" qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatidan keyin 18-pog‘onada joylashgan.

Sanderlend – Midlsbro 1:2 (0:2, 1:0)
Goly: 0:1 – 13 Stuani, 0:2 – 45 Stuani, 1:2 – 71 van Anxolt.
Sanderlend – Mannone, van Anxolt, Lav, Djilobodji, O′Shi (Piyenar, 37), Roduell, Guch, Uotmor (Asoro, 81), Yanuzay, Makneyr (Lens, 46), Defo.
Midlsbro – Gyuzan, Gibson, Barragan, Frend, Forshou, Nsue (Ayyala, 83), Ramires (Adoma, 59), Dauning, Kleyton, Negredo (Nyudjyent, 90), Stuani.
Ogohlantirishlar: Kleyton (26), Guch (81).

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid