O‘zbekiston boks terma jamoasi dunyoda birinchi!
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Rio Olimpiadasida 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Kuba, Qozog‘iston, Rossiya, AQSh kabi kuchli terma jamoalarni ortda qoldirib, 1-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston boks terma jamoasi umumiy hisobda Rioda 7 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Hamyurtlarimiz Hasanboy Do‘stmatov (49 kg), Shahobiddin Zoirov (52 kg), Fazliddin G‘oibnazarov (64 kg) oltin medal, Shahram G‘iyosov (69 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev (75 kg) kumush medal, Rustam To‘laganov (91 kg) va Murodjon Ahmadaliyev (56 kg) bronza medallari sohibi bo‘ldilar.
Shuningdek, umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan, Kuba (3-0-3), Fransiya (1-2-2), Qozog‘iston (1-2-2), Rossiya (1-1-3) va AQSh (1-1-1) terma jamoalari o‘rin oldi.
Sportchilarimizga Riodagi yorqin, g‘olibona ishtiroklari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Biz siz bilan faxrlanamiz! G‘alabalar muborak bo‘lsin!!!
Mavzuga oid
20:17 / 20.08.2016
Dayjyest: Bektemirning revanshi, tiklanayotgan Turkiya-Isroil munosabati, dunyoning eng uzun shisha ko‘prigi, Ukraina Klintondan nima kutyapti?
10:27 / 20.08.2016
Fotojamlanma: O‘zbekiston sportchilari Rio Olimpiadasining 14-kunida
20:14 / 18.08.2016
Nexia III ning ilk xaridorlari, Xorvatiyaning sotilayotgan orollari, Yer yuzidagi eng ulkan havo kemasi, Elyazigdagi terakt va kunning boshqa xabarlari
18:48 / 17.08.2016