Kiribatining raqqos-atleti: Sportchi bu harakati bilan nimani isbotlashini aytib o‘tdi
Kiribatilik og‘ir atletikachi David Katoatau muxlislarini nafaqat sportda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari, balki har chiqishidan so‘ng ko‘rsatadigan raqsi bilan ham xursand qiladi.
Rio Olimpiadasida u o‘z yo‘nalishida oltinchi o‘rinda qayd etildi. Ammo bu holat unga bir nechta raqs ijro etib berishi uchun to‘sqinlik qilmadi.
Katoatau Olimpiada o‘yinlari ochilish vaqtidayoq o‘zining yorqin raqsi bilan tillarga tushib ulgurgan edi. Sportchi shu kunga qadar milliy terma jamoa safida uch marta mashhurlikka erishgan.
Tomoshabinlarni hayron qoldirish Katoatau uchun asosiy maqsad emas. U raqslari orqali o‘z mamlakatidagi iqlim o‘zgarishlariga omma e'tiborini qaratishni niyat qilgan. Ko‘p sodir bo‘ladigan suv toshqinlari sabab Kiribati sekin-asta suv ostida qolmoqda, sportchining o‘zi ana shunday hodisalardan birida uyidan ayrilgan.
«Aksari odamlar Kiribati qayerda joylashgani haqida bilishmaydi. Shu sabab men o‘z chiqishlarim bilan odamlar e'tiborini vatanimga qaratmoqchiman. Men o‘tgan yilda suv toshqinlari sabab o‘z uylaridan ayrilgan odamlar haqida ochiq xat yozganman», — dedi u Washington Post bilan bo‘lgan suhbatda.
Mavzuga oid
00:44 / 22.08.2016
O‘zbekiston boks terma jamoasi dunyoda birinchi!
20:17 / 20.08.2016
Dayjyest: Bektemirning revanshi, tiklanayotgan Turkiya-Isroil munosabati, dunyoning eng uzun shisha ko‘prigi, Ukraina Klintondan nima kutyapti?
10:27 / 20.08.2016
Fotojamlanma: O‘zbekiston sportchilari Rio Olimpiadasining 14-kunida
20:14 / 18.08.2016