Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy konsulligi Rio Olimpiadasida noto‘g‘ri davlat bayrog‘i ko‘tarilgani uchun arz qildi
XXRning Braziliyadagi konsuli Sun Yan Rio Olimpiadasi taqdirlash marosimida mamlakat bayrog‘ining noto‘g‘ri namunasi ko‘tarilganidan keskin noroziligini bildirib, Rio-de-Janeyro ma'muriyatiga murojaat qildi, deb yozmoqda Global Time.
Xitoy bayrog‘idagi timsollarning noto‘g‘ri joylashgan namunasi 21-avgust kuni Xitoy ayollar voleybol jamoasini taqdirlash marosimida yuz bergan. Shundan so‘ng, XXR konsulligi, shahar hokimiyatiga noroziligini bildirgan.
Braziliyaning Olimpiyaga mezbonlik qilgan shahri rahbariyati Xitoy hukumati va xalqidan mazkur holat uchun uzr so‘rab, barcha rasmiy bayroqlar o‘tgan haftada sport markazlariga yuborilganini ta'kidlagan.
XXRning rasmiy bayrog‘i tepa qismi chap burchagidagi katta yulduz —atrofida to‘rtta kichik yulduz yarim aylana tarzida joylashtirilgan bo‘lib, kichik yulduzlarning chap uchi Katta yulduzga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Riodagi bayroqda esa, kichik yulduzlar kattasiga parallel joylashtirilgan.
Mavzuga oid
20:55 / 20.01.2026
“Yer go‘zali 2025” tanlovida qatnashgan o‘zbekistonlik qiz libosida davlat ramzlaridan foydalangani uchun jarimaga tortildi
09:16 / 31.12.2024
AQSh Moliya vazirligi XXRdan kiberhujum haqida xabar berdi
13:23 / 19.11.2024
Germaniya TIV rahbari XXRni RFga harbiy yordam bermaslik haqida ogohlantirdi
17:01 / 08.11.2024