Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda bir qator teraktlar oldi olindi
Foto: © Sputnik
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari 18 avgustda Qozog‘iston hududida bir qator teraktlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan radikal guruh a'zolarini qo‘lga oldi.
"18 avgustda Olmaota viloyatida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan Qozog‘iston hududida bir qator teraktlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan radikal guruhning 4 a'zosini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazildi", deyilmoqda xabarda.
Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan terrorchilar yashaydigan joy va maxsus yashirin joylardan ularga tegishli qo‘lbola portlovchi qurilmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan ehtiyot qismlar va diniy-ekstremistik materiallar musodara qilingan.
Terrorchilar Milliy xavfsizlik qo‘mitasi bo‘linmalari, politsiya, harbiy qismlar va ularning xodimlariga qarshi qurollangan hujumlar uyushtirmoqchi bo‘lgan. Shundan keyin ular odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda teraktlar sodir etish niyatida bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, tezkor-qidiruv ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025