Jamiyat | 22:53 / 22.08.2016
8454
1 daqiqa o‘qiladi

Kubanlik kishi 700 kilometr masofani xotini bilan birga suzib keldi

Kubanning Armavira shahrida yashovchi Yuriy Burlak Sochidan Sevastopolgacha suzib bordi. Bu haqida FlashCrimea ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, suzib o‘tilgan masofa 700 kilometrga teng bo‘lgan. 

Erkak bunday masofani  oziq-ovqat mahsulotlari, iste'mol suvi, dori-darmonlar joylangan hamda turmush o‘rtog‘i Natalya  bulgan sol bilan suzib o‘tdi.

Burlak o‘z safarini 6 iyulda boshlagan. U bir kunda ikki marta FVV xodimlari bilan xabarlashib turdi.

2013 yilda Burlak Turkiyaning O‘rdusidan Sochigacha suzib kelgan. U shifokorning maslahatidan keyin uzoq masofalarga suzishni odat qilgan, uning umurtqa pog‘onasida muammo bo‘lgan. 

 

Mavzuga oid