Prokuratura organlari tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirida Özbekiston suziş federatsiyasi mansabdor şaxslari katta miqdordagi pullarni talon-toroj qilgani aniqlangan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi xabar bermoqda.

Xususan, federatsiya mansabdor şaxslari tomonidan suziş sporti uçun ajratilgan pullar hisobidan terma jamoa a’zosi bölmagan, aslida federatsiya boş kotibi A.G.ning oila a’zolari N.G., M.G va yana 15 nafar fuqaroni Turkiyaga dam olişga yuborilib, 405 mln söm mablağ talon-toroj qilingan.

Şuningdek, amalda ötilmagan öquv-maşğulot yiğinlar haqida soxta buyruqlar çiqarilib, 458 mln söm özlaştirilgan.

Bundan taşqari, federatsiyaga xalqaro musobaqa va öquv maşğulotlari ötkaziş uçun homiylar tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd söm maqsadsiz sarflanib, talon-toroj qilingan.

Qayd etilişiça, aniqlangan holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.