Jamiyat | 10:27 / 23.08.2016
5641
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik mehnatsevar it Facebook foydalanuvchilarini hayron qoldirdi

Avstraliyaning Brisben shahrida yashovchi pochtachi Martin Stader har doim Pippe laqabli ov iti uchun jo‘natma olib keladi. Agar xo‘jayiniga maktub bo‘lmasa, itning o‘zi uchun maxsus tayyorlaydi.

Pippa pochtachini doim uyi yaqinida kutib oladi. Pochtani uyga olib ketish itning sevimli mashg‘uloti. Pippe manziliga xat bo‘lmasa, Martin buning ham chorasini topadi.

Pochtachi-it va pochta kartochkalarining suratlari maxsus Facebook uchun tayyorlangan va ijtimoiy tarmoqdagi sahifaga joylashtirilgan.
 

Mavzuga oid