Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotogalereya. 16 kunlik Rio Olimpiadasining eng yorqin va unutilmas lahzalari (30ta surat)
Kun.uz sayti yakuniga yetgan Rio-de-Janeyro Olimpiadasining eng esda qolarli suratlarini saraladi.
5-21 avgust kunlari davomida 207 delegatsiya vakillari 306 medallar shodasi uchun musobaqalarda ishtirok etishdi va musobaqa davomida g‘aroyib voqealar ham ko‘p marta ro‘y berdi.
1. Tongalik txeekvondochi Pita Taufatofua ochilish marosimida shunday ko‘rinishda namoyon bo‘ldi

2. Fijilik regbichilar o‘z davlatlariga Olimpiada tarixidagi birinchi oltin medalni keltirishdi.

3. Janubiy koreyalik va shimoliy koreyalik sportchilar birga selfi tushishdi. Li In Ju va Xon In Jon.

4. Xitoylik olimpiadachi mukofotlash chog‘ida terma jamoadagi hamkasbiga turmush qurish taklifini bildirdi.

5. Hasanboy Do‘smatov O‘zbekiston olimpiyachilariga turnirdagi ilk oltin medalni olib berdi.

6. 13 yoshida sohilda kumiri bilan tanishgan singapurlik suzuvchi Isaak Skuling 8 yil o‘tib Maykl Felpsni yengdi.

7. Bolt. Useyn Bolt.

8. Amerikalik suzuvchilar Lilli King va Keti Meyli kumush medal olgan rossiyalik Yefimovani tabriklashdan bosh tortishdi.

9. Nikol Azinger. Sport gimnastikasi.

10. Olimpiada yulduzlaridan biri. Amerikalik sport gimnastikachisi 4ta oltin va 1ta bronza medal oldi.

11. Yaponiyalik sport kurashchisi Sara Dosyo chempion bo‘lgach, o‘z ustozini yelkasida ko‘tardi.

12. Rossiyalik gandbolchilar dramatik bahsda Norvegiyani yengib, finalga chiqqan lahza.

13. "Jon olib, jon berib..."

14. "Jon olib, jon berib-2"

15. Bagamalik yuguruvchining oltin sho‘ng‘ishi

16. Haqiqiy chempionlar. Amerikalik yuguruvchi yiqilib qolgan raqibasini tashlab ketishni istamadi

17. Qozog‘istonlik bokschi o‘zini yengib, chempion bo‘lgan rossiyalik raqibini hushtakbozliklardan himoya qilmoqda

18. Finish arafasida yiqilgan amerikalik yuguruvchi marraga emaklab keldi

19. Avstraliyalik atlet Nikol Bek chempionlikni qizchasi Sofi bilan nishonlamoqda

20. Neymar va Braziliya tarixda ilk marta Olimpiada chempioni bo‘lgan on

21. Estoniyalik uch egizak Leyla, Liina va Lili Luik ayollar marafonida

22. Maykl Felps 2000 yillik rekordni yangiladi

23. Rossiya va Kanada voleybolchilari chorak final bahsi arafasida

24. Shahram G‘iyosov g‘alabalarini kumiri Krishtianu Ronalduga taqlidan nishonlab, mashhur bo‘lib ketdi

25. Eng hayajonli chempion. Oltin bola Fazliddin G‘oibnazarov

26. Braziliya voleybol jamoasi chempionlikdan keyin murabbiyni olqishlamoqda

27. Mo‘g‘ulistonlik murabbiylar O‘zbekistonlik kurashchining g‘alabasiga chiday olmay, norozilik bildirmoqda

28. Ixtiyor Navro‘zov g‘alabani shunday nishonladi

29. Braziliya Olimpiadasining yopilishi marosimi

30. Keyingi Olimpiada Yaponiyada bo‘lib o‘tadi

Mavzuga oid
20:00 / 21.04.2023
Fotojamlanma: O‘zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti shukuhi
12:25 / 01.11.2019
Tokio olimpiadasiga jami 135ta yo‘llanma qo‘lga kiritish rejalashtirilgan - MOQ
00:46 / 09.12.2016
Rio-2016. Boks finalida Shahobiddin Zoirovga yutqazgan sportchi kumush medalidan mahrum qilindi
23:15 / 28.11.2016