Tokio olimpiadasiga jami 135ta yo‘llanma qo‘lga kiritish rejalashtirilgan - MOQ

Bugun, 1 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, qator taniqli sportchilar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
2019 yil 4 sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ishlar bo‘yicha videoselektor majlisida turli vazirlik va idoralar, xususan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi oldiga ham aniq vazifalar yuklatilgan edi.
Olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiya) faoliyati, xususan, sport kurashlari assotsiatsiyasi, taekvondo WTF hamda suv sporti turlari federatsiyalari, o‘q otish sporti va og‘ir atletika federatsiyalari va O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyalarining faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Tadbirda sportchilarga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika va xalqaro sport musobaqalarining g‘oliblari (1-2-3-o‘rin sovrindorlari) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni oliy ta'lim muassasalariga davlat granti asosida imtiyozli ravishda imtihon sinovlarisiz qabul qilish tartibi joriy etildi.
Bunda, har bir oliy ta'lim muassasasiga yillik qabul kvotalaridan tashqari g‘olib sportchilar uchun istalgan ta'lim yo‘nalishiga kirish huquqi bilan 15-20tagacha imtiyozli o‘rin ajratiladi.
Tadbirda ishtirok etgan MOQ maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov Tokio olimpiadasida ham marra juda yuqori olinganini, hozircha maqsad nechta oltin medal olish ekanligi bo‘yicha gapirish to‘g‘ri emasligini bildirdi. Shuningdek, Tokio olimpiadasiga paralimpiada bilan qo‘shib hisoblaganda 135ta litsenziya olish ko‘zlanayotgani, oktabr oyiga qadar 22ta litsenziya olingani, bu Rio-de-Janeyro olimpiadasining shu davriga nisbatan 10taga ko‘p ekanligi aytildi.
Kun.uz muxbirining «yuqori ko‘rsatkich ko‘rsatgan sportchilarning OTMlarga davlat granti bilan imtiyoz asosida qabul qilinishi abituriyentlarga mo‘ljallangan umumiy kvotadan alohida bo‘ladimi yoki shu kvotaning ma'lum qilsmini egallaydimi?» degan savoliga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi fan, sport va ta'lim muassasalarini ilmiy ta'minlash bo‘limi boshlig‘i Avazbek Hasanov javob berdi.
«Belgilangan bu kvota alohida qo‘shimcha tarzida bo‘ladi va umumiy abituriyentlar kvotasiga ta'sir qilmaydi. Shuningdek, yuqori ko‘rsatkich ko‘rsatgan sportchilarning ustoz-murabbiylariga beriladigan imtiyozlarga to‘xtalsak, ma'lumki ularning murabbiylari ko‘p bo‘lishi mumkin, ya'ni turli bosqichlarda turli murabbiylar bo‘ladi. Imtiyozlar sportchini aynan olimpiadaga tayyorlagan, olib chiqqan va yuqori natijasida ishtirok etgan murabbiyga beriladi», deydi u.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Yozgi olimpiadada O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida 70 nafar sportchi 14ta sport turida mamlakat sharafini himoya qilib, yakunda 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza qo‘lga kiritilgan, umumjamoa hisobida 21-o‘rin (Osiyo miqyosida to‘rtinchi, MDH miqyosida ikkinchi natija) qo‘lga kiritilgandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

14:22 / 15.01.2024
Rio-de-Janeyroda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi

13:22 / 08.09.2022
Yaponiyada Olimpiada amaldorlari korrupsiyada ayblanib, hibsga olinmoqda

11:28 / 10.08.2021
Oltinni bo‘lishgan mardlar, Beslanda omon qolgan chempion va Tokio olimpiadasining boshqa eng ta'sirli voqealari

23:29 / 28.07.2021