Light | 07:53 / 24.08.2016
47154
4 daqiqa o‘qiladi

«Qorako'l Ziyo-Nur» o‘quv markazi o‘quvchilarining 91,5 foizi talabalar safiga qabul qilindi

Inson – davlat va jamiyat manfaatlariga qanchalik keng naf keltirsa, u shunchali kamolotga yetishgan bo‘ladi. Bilimning ko‘pligi, fan sohasidagi insonlarning turli izlanishlari va yangidan yangi kashfiyotlar hamisha jamiyatning taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Haqiqiy jamiyat taraqqiy topishini istagan insonlar bular – komil shaxslar bo‘lib, ularning harakatlari har doim ijobiy natijalar hamda marralar sari yo‘naltiriladi. 

Bugungi kun yoshlarini bilim saviyasini oshirish va mustahkamlashda bir qancha nodavlat o‘quv markazlari o‘z hissasini qo‘shishda jonbozlik ko‘rsatmoqda. Yurtimiz yoshlarini nafaqat mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari balki, jahon bilim sahnasiga olib chiqishda o‘zining beqiyos hissasini qo‘shib kelayotgan «Qorako'l Ziyo-Nur» o‘quv markazi qisqa muddat mobaynida yuksak marralarni zabt etmoqda. Dono xalqimizda shunday gap bor: «Tarbiyachining o‘zi tarbiyalangan bo‘lmog‘i lozim». Markazda o‘quv mashg‘ulotlarini jahon va respublika fan olimpiadasi g‘oliblari olib borishi yuqoridagi so‘zlarning yaqqol tasdig‘idir.

Raqamlarga yuzlansak, 2016 yil natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz universitetlariga hujjat topshirgan markaz o‘quvchilarining 91,5 foizi talabalar safiga qabul qilindi. Quvonarlisi shundaki, ulardan 76 foizi davlat grandi sohibi bo‘lishdi. Bundan tashqari, xorij oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirgan o‘quvchilardan 95 foizi o‘z maqsadiga erishdi.
Bu Istiqlolimizning 25 yilligi tantanasi arafasida o‘quvchilarning yaqinlari uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

Bundan oldin ham markaz o‘quvchilari juda yuqori natijalarni qayd etgan. Jumladan, 2015 yil Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan xalqaro fan olimpiadasida kumush medal, Respublika fan olimpiadasida esa ikkinchi o‘rinni egallagan Yaxshiyev Jamshid shu bilan cheklanib qolmadi. Bilimga chanqoq va o‘tkir zehnli ushbu yosh qobiliyat egasi o‘z yo‘lida shaxdamlik bilan davom etib, hozirda oliy o‘quv yurtlarining birida grant asosida tahsil olmoqda. Bu kabi yosh iste'dod egalaridan ko‘plab misol keltirish mumkin.

Takomillashgan ilg‘or ta'lim dasturlariga ega bo‘lgan va o‘zida xorijiy ta'lim texnologiyasini mujassam etgan «Qorako'l Ziyo-Nur» o‘quv markazi o‘quvchilarining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, Toshkent moliya instituti, O‘zbekiston milliy universiteti kabi nufuzli oliy ta'lim dargohlarida o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra, yuqori o‘rinlarni egallagani markazda ta'lim islohotlari aniq va samarali olib borilayotganining yaqqol isbotidir.

Batafsil malumot bloktest.uz saytida.

Manzil: A.Navoiy ko‘chasi, 44-uy

Tel: +998 95 144-89-44, +998 98 124-44-89, +998 90 902-19-44

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid