Texnologiya | 19:44 / 25.08.2016
7405
1 daqiqa o‘qiladi

Betmenning 23 gadjyetli kiyimi yaratuvchisi Ginnesning Rekordlar kitobiga kirdi

Golueyeda istiqomat qiluvchi maxsus effektlar mutaxassisi Julian Chekli 23 gadjyetli Betmen libosini yaratdi. Ixtiro Ginnesning Rekordlar kitobiga eng ko‘p ishlab turgan qurilmali libos sifatida kiritiladi.

Yangi konstruksiya Guinness World Records YouTube-kanalida namoyish etildi. 

Irlandiyalik ixtirochi prototip sifatida Batman: Arkham Origin o‘yinidagi superqahramon siymosidan foydalandi. Chekli libosning asosi 3D-printer yordamida rezinadan olindi. 

Gadjyetlar orasida itlarni ultratovush orqali qo‘rqituvchi qurilma, kamera, lazer ko‘rsatkich, fonar, pufaklarni otuvchi granat, davolovchi purkagich, shoker va boshqalar bor. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid