Ginnesning rekordlar kitobi vakillari hozirda hayot bölgan dunyodagi eng keksa ayolni ziyorat qilib, unga maxsus sertifikat topşirdi.
Dunyodagi eng keksa inson Tomiko Itooka 1908 yil 23 mayda Yaponiyada dunyoga kelgan. Bugungi kunda ayol 116 yoş-u 116 kunni qarşilagan.
“Hego prefekturasidagi Asiya qariyalar uyida unga Ginnesning rekordlar kitobi rasmiy sertifikatini topşirdik. U sönggi beş yil davomida şu yerda istiqomat qilib keladi. Ötgan oyda 117 yoşli Mariya Branyas Morera vafot etgandan söng, Tomiko dunyodagi eng keksa ayol va eng keksa inson unvonlarini qölga kiritdi”, — deya xabar bermoqda Ginnes kitobi rasmiy veb-sayti.
Tomiko Itooka imperator Meyji hukmronligi davrida Osakada tuğilgan. Örta maktabda u voleybol jamoasiga a’zo bölgan, 1979 yilda esa turmuş örtoği vafot etgandan söng qoyaga çiqiş va piyoda yuriş bilan şuğullana boşlagan.
Ma’lumot uçun, hayoti hujjatlar bilan tasdiqlangan dunyodagi eng keksa inson hamon fransiyalik Janna Kalman bölib qolmoqda. U 122 yil-u 164 kun umr körib, 1997 yil avgustda vafot etgan. Itooka bu körsatkiç böyiça 23-örinda turibdi, biroq ikki haftadan keyin 21-poğonaga kötarilişi mumkin.







