Shovotlik giyohvand jinoyatchi huquqni muhofaza qilish organi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi
Shovotlik Qahramonning (ismlar o‘zgartirilgan) giyohvandlikka berilgani sabab oilaviy ahvoli tang darajaga kelib qoldi. Yaqinlari va qarindosh urug‘lari uzoqroq yurtga ketsa, balki bu balodan qutular, degan niyatda uni Rossiyaga ishlashga yuborishdi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.
Nijniy Novgorod shahriga yetib kelgan Qahramon halol mehnat qilib pul topish o‘rniga o‘ziga o‘xshagan giyohvandlarni izlay boshladi. Tojikistonlik “Xo‘ja” laqabli shaxs unga ro‘baro‘ kelib qoldi. Giyohvandlik oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan bu kimsa Qahramonni o‘zining sherigiga aylantirdi.
Bundan xabar topgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari darhol uni qo‘lga oldi. Xullas, u sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilindi.
Jazoni o‘tab bo‘lgan Qahramon Xorazmga qaytdi. Ammo o‘z ishini yana davom ettiraverdi. Kunlardan bir kun unga Xo‘ja qo‘ng‘iroq qildi va Farida ismli ayoldan giyohvandlik moddasini qabul qilib olishini iltimos qildi. Qahramon konfet qog‘ozlariga o‘ralgan narkotik moddani ayoldan qabul qilib oladi.
U bu moddalarni tanishi To‘lqinga sotib, bir qismini ikkolovi iste'mol qilishi arafasida huquqni muhofaza qilish organi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Qahramon umrining yana uzoq yillarini panjara ortida o‘tkazadigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:25 / 01.08.2024
Amerikalik 34 yillik qamoqdan keyin oqlandi
17:11 / 14.06.2024
Samarqandda kuyov qaynotasi va qaynonasini o‘ldirdi
11:31 / 02.04.2024
Uy qamog‘idagi shaxslarni elektron braslet orqali nazorat qilish amaliyoti joriy etiladi
07:43 / 20.03.2024