Uyçi tumanida ertalab öqişga yöl olgan bolani maktab darvozasi yonida niqobli şaxslar öğirlab ketadi. 2 yil oldin sodir bölgan uşbu şov-şuvli voqea haqida avvalroq lavha e’lon qilgandik. Jinoyatçilar 4 kun uşlab turib, otasidan 300 ming dollar talab qilgan yigit Toşkent xalqaro Vestminster universiteti talabasi Azizbek Lutfullayev bölib çiqdi. U öğirlab ketilişi voqeasi va jinoyatçilar bilan yonma-yon yurib, qanday qiyinçiliklarni boşdan keçirganini Kun.uz’ga sözlab berdi.
Uşbu jinoiy rejani tuzganlar öşa maşhur “Işbilarmon odamlar” filmidan ilhomlanişgan körinadi. Albatta, jinoiy töda a’zolari hammasi xamirdan qil suğurganday oson keçadi, bolani öğirlab ketamiz, söngra uning otasidan tovon puli talab qilamiz, qarabsizki, jaraq-jaraq dollarni qölga kiritamiz, deb öylaşgan. Biroq ular filmdagi kabi öğirlangan bolani 4 kundan söng özlari uyiga jönatib yuborişlarini xayollariga ham keltirmagandi.
Azizbek Lutfullayevni öğirlab ketiş rejasini Kosonsoy tumanida yaşovçi 35 yoşli Eldor Qodirov tuzgandi. Unga Uyçi tumanida yaşovçi, 25 yoşli Oybek Şamşiddinov, 26 yoşli Abdulatif Sobirov hamda Namangan şahrida yaşovçi 25 yoşli Abdulqodir Yöldoşev şerik bölgan.
Azizbekni öğirlab ketiş rejasi 2023 yil 16 oktyabr kuni amalga oşirilgan. Ayni şu kuni soat 8:45 da öqişga yöl olgan Azizbek Lutfullayev maktab darvozasi oldida niqobli şaxslar hujumiga uçragan: Eldor Qodirov va şeriklari uning qölini qayirib, Nexia’ga tiqadi va maşinani katta tezlikda haydab ketişadi. Barçasi soniyalar içida yuz bergan, bola nimalar bölayotganini anglamay ham qolgandi.
Azizbek uşbu holat qanday sodir bölganini şunday hikoya qiladi:
“2 yil oldin, 16 oktyabr kuni hayotimda unutişning iloji yöq bölgan voqea yuz berdi. Ertalab uyğonib, uydan çiqdim. Köçamizda qurilayotgan uy bor edi, heç kim yaşamaydi u yerda. Öşa yerda Nexia maşinasi turgan ekan. Ozgina e’tiborimni tortdi. Çunki u yerda maşina turmasdi heç. Qöşnilar qöygandir, deya tabiiy ravişda qabul qilib, ötib ketdim.
Köçamizdan boğçamiz tomonga burildim. Taxminan 50 metrça yurgandim, yonimdan bir Nexia ötib ketdi. Uni ham tabiiy qabul qildim. Taxminan 100 metrdan söng maktabimiz tomonga buriliş bor. Nexia öşa burilişda sekin töxtadi. Şunda e’tiborimni tortdi va maşinaga şubha bilan qarab qöydim. Maktabimizga taxminan 30 metr qolganda içimda bir kuç yugur, qoç, deganday böldi. Soniyalar içida Nexia ortimdan keldi va maşina töxtar-töxtamas undan bitta qöl çiqib, meni uşladi. Men özimni har tomonga otib, çiqib ketişga harakat qila boşladim. Şu payt yuzimga urdi. Qarasam, niqob taqqan ikki kişi. Töpolon boşlanib ketdi. Bir qölim gipsda edi, qimirlatiş mumkin emasdi. Orada yerga yiqilib tuşdim va ikkinçi qölim bilan daraxtni uşladim. Şunda yuzimga 2-3 marta tepişdi va daraxtni qöyib yubordim. Maşinaga mindirişdi va haydab ketişdi. Darhol oyoq-qölimni, közimni boğlaşdi. Qörqib ketganimdan savollar bera boşladim. Ovozingni öçirib ötir, keyin bilib olasan, degan mazmunda javob berişdi. Teparoğimizda kanal bor edi, hozir meni öşa kanalga olib borib taşlab yuborişadi, degan fikr ötardi xayolimdan”.
Azizbekning öğirlab ketilganini maktab öqituvçilaridan biri körib qoladi va qorovulxonaga yugurib borib, öşa yerda turgan direktor örinbosariga aytadi. Direktor örinbosari voqea joyiga qarab yuguradi. Ammo bola öğirlab ketilgan joyda xuddi kinolardagi kabi uning kiyimi va sumkasi yotardi. Direktor örinbosari ularni olib, maktab qorovuliga tutqazadi va özi içki işlar xodimlariga xabar beradi. Bu orada bolaning otasi Avazbek Abdullayevga ham qönğiroq qilişadi. Xullas, hamma oyoqqa turgan, maktabda ğala-ğovur boşlangandi.
Bu paytda jinoyatçilar Azizbekni boşiga qop kiydirgan holda uni noma’lum tomonga olib ketişardi.
“Hozir meni qayergadir olib borişadi, kinolardagi kabi stolga ötqizib, urgan holda nimadir söraşadi, degan xayolda özimni ruhiy tayyorlab ketyapman. Yölda umrimdagi eng kuçli çanqoqni his qildim. Suv bermasanglar ölib qolaman hozir, deganman. Ammo berişmadi, suv yöq deyişdi. Ozgina vaqtdan söng huşimdan ham ketib qoldim. Lekin uzoq yurganimizni sezdim.
Keyinçalik bilişimça, Kosonsoyning qaysidir qismiga olib borişgan. Qirğizistonga çiqib ketiş uçun yaxşi yönaliş bölgan bu joylar. Ular xuddi meni Qirğizistonga olib çiqib ketmoqçiday bölişganda, keyin ortga qaytişgan. Toşloq yöllardan yurişgan. Maşina qayerdadir töxtab, boşqa maşinaga olib çiqişgan meni. U paytda boşimdagi qopni olib taşlagandi. Lekin közim va qöl-oyoqlarim boğlangan bölgan.
Ikkinçi maşinaga mindirişgaç, Eldor yöq böldi, boşqa odam keldi. Meni maşina orqa örindiğiga yotqizib qöyişdi. Yölga çiqdik. Nimadir ma’lumot oliş maqsadida sörayapman, biroq ulardan biri rosa yomon sökinib javob berdi va jim ketişimni, yöqsa öldirib yuborişini aytdi. Rostdan meni haqiqiy mafiyalar olib ketyapti, deb öylaganman.
Svetoforlarda köp töxtalgan. Maşinaning eşigi qulflanmagandi. Avariya bölsak, baribir atrofda odam töplanadi-ku, qutulib qolaman, degan fikrlar ötgan. 4-5 ta svetoforlarni ötkazib yuborganman qörquvdan. Oxiri tavakkal qilib, svetoforga töxtaganda örnimdan turib, eşikni uşladim. Biroq uni oçmasimdan oldinda ötirgani meni tortib qoldi. Bu soniyalar içida sodir böldi. Keyin kiçkina piçoqni böynimga tirab, yana qörqita boşladi. Taxminan 3-4 soat yurdik. Andijonga borgan ekanmiz. U paytda bilmaganman Andijonga borganimizni”, deydi Azizbek.
Jinoyatçilar mömaygina tovon pulini öylayotgan bu paytda içki işlar xodimlari tezkor ravişda işga kirişgandi. Maktab yonidagi savdo dökoni kamerasiga tuşib qolgan maşinaning davlat raqam belgisi aniq, u kimga tegişli ekanini biliş qiyin emasdi. Köp ötmay maşina topiladi. Biroq uning haqiqiy egasi maşina yukxonasiga tiqib ketilgan edi.
Gap şundaki, Eldor Qodirov va uning şeriklari Azizbekni öğirlaş uçun öz maşinalarida bormagan. Ular öşa kuni yarim tunda Namangan şahrining Davlatobod tumaniga Yandex ilovasi orqali taksi çaqirgan. Buyurtmani Jamşid Mamadiyev qabul qilib olgan va Nexia maşinasida çaqiruv manziliga borgan. Mijozlar taksida Uyçi tumanining Tepasaroy mahallasi hududiga, şimoliy Farğona kanali oldiga kelgan.
Şu yerda ular haydovçiga hujum uyuştirgan: orqa örindiqda ötirgan Abdulatif Sobirov haydovçining böynidan arqon ötkazib, böğa boşlagan, Oybek Şamşiddinov uning boşiga maxsus tayyorlangan şapkani kiydirgan. Eldor Qodirov esa böyniga piçoq tirab, qarşilik qilsa öldirişini aytgan.
Jinoyatçilar Jamşid Mamadiyevning qöl va oyoqlarini özlari olib kelgan arqon bilan boğlab, oğzini latta bilan berkitgan hamda uni maşinaning orqa yukxonasiga tiqqan. Söngra maşinani özlari boşqarib, Azizbekni öğirlab kelgan.
Şu tariqa jinoyatçilar bolani kirakaşning maşinasida Namangan şahri Yangi Namangan tumanidagi dala maydoniga olib borişadi. Şundan söng uni Abdulqodir Yöldoşevning Nexia-2 maşinasiga ötkazişadi. Şu tariqa, Abdulqodir Yöldoşev va Abdulatif Sobirov Azizbekni Andijon şahrining Xötan ariq mahallasidagi xonadonlardan biriga olib ketadi.
Eldor Qodirov hamda Oybek Şamşiddinov yukxonasida Jamşid Mamadiyev bölgan maşinani Kosonsoy tumanining Bomraha mavzesi hududidagi dala maydoniga boşqarib boradi. Söng özingni özing qutqarasan, deya Jamşid Mamadiyev yoniga özlari olib qöygan telefonini qaytarib qöyib, voqea joyidan yaşirinişadi. Haydovçi tişlari yordamida qöllaridagi arqonni yeçib, içki işlar xodimlariga xabar beradi.
“Bitta “dom”ning oldiga olib borişgan ekan meni. Atrofni aylanib, kuzatib kelişdi, bir soatlar uyga kirolmasdan turdik. Qanaqadir çol turgan ekan eşik tagida, şuning ketişini kutişdi. Keyin şu joyga Eldor keldi. Menga umuman ovozimni çiqarmaslikni, agar baqirsam öldirişini aytdi. Ilojim yöq, ularning buyruğiga böysunişim kerak, xöp dedim. Meni kötarib, 4-qavatga olib çiqişdi. Kuçli qörquv hisobiga heç narsa qilolmaganman.
Uyga olib kirgaç, yotqizib qöyişdi. Qölimni yeçib, bir qölimni issiqlik quvuriga boğlaşdi. Eldorga uyimdagilar bilan tezroq aloqaga çiqişni söradim. U hozir emas, keyinroq, dedi. Qolganlar jim ötirdi. Bu paytda menga sökingan haydovçi Qirğizistonga ötib ketgan ekan.
Keçqurun böldi, kartoşka qovurib çiqişdi. Ozgina yedim. Uniyam dori içiş uçun yedim, çunki boşim juda qattiq oğriyotgandi, qoşim ham yorilgan ekan.
Öşa kuni uyimdagilar bilan boğlanişmadi. Umuman olganda, holatim yomon emasdi. Biroq buni uyimdagilar bilişmasdi. Şu narsa ruhan ta’sir qilayotgandi. Qaçon uyimdagilarni öylasam, közimga yoş kelardi. Hayot meni göyo kiçik bir qutiga solib qöyganday, hamma joy yopilib qolgandi.
Kun ötdi, keçasi hammasi yonimda yotdi. U paytda qölimni yeçib qoçişimni öylab körmasam ham bölaverardi. Çunki ozgina qimirlasam ham sezib yotişdi. Şu bilan tong otdi”, deya hikoya qiladi Azizbek.
Jinoiy rejaning birinçi qismi amalga oşirilgan, endi bola uçun pul undirişgina qolgandi. Jinoyatçilarning nazarida barçasi oson keçayotgan edi. Eldor Qodirov bolaning otasi Avazbek Abdullayevga Telegram orqali aloqaga çiqadi va farzandini tirik körişni xohlasa 300 ming dollar berişi kerakligini aytadi. Agar pulni bermasa, bolasini öldirib yuboriş bilan tahdid qiladi. Isbot sifatida otaga öğlining ovozli yozuvi yuboriladi.
“Dadam bilan asosan ovozli xabarda gaplaşganmiz: Eldor ovozli xabarni yoqib turgan, men gapirganman. Hamma gapni aytib turgan Eldor. U nima degan bölsa öşani gapirişga majbur bölganman. Eldor dadamga içki işlarga bormaslikni aytgan, pulni berasiz va bolangizni qaytaramiz, degan.
Dadam ham pulni yiğib beramiz, öğlimga heç narsa qilmanglar, degan gaplarni jönatgan. Bular pulni kriptovalutada söraşgan. Uyimdagilar bunça pulni yiğildi, deb aytib turişgan. Keyinçalik bilişimça, ular içki işlar vakillarining topşiriği bilan vaqtni çöziş uçun şunaqa deyişgan ekan”, deydi Azizbek Lutfullayev.
Jinoyatçilar izni yöqotiş va içki işlar xodimlarini çalğitiş maqsadida Azizbekni 18 oktyabr kuni Toşkent viloyatining Çirçiq şahridagi xonadonlardan biriga, söngra esa Çirçiq tumanidagi dalahovliga olib borişadi. Bu orada Toşkent şahriga kelib, aylanib ham ketişgan.
“Ikkinçi kunning ertalabi böldi. Meni uyğotişdi va ketişimiz kerakligini aytişdi. Ular Qirğizistonga ötib ketgan şeriklari uşlanib qolgan bölişi mumkinligidan şubhalanişdi. Biz turgan manzilni esa u bilarkan. Közingni oçamiz, ammo keyinçalik ham bizni körganingni heç kimga aytmaysan, deyişdi. Rozi böldim.
Közimni oçişdi va men ularni kördim. Tasavvurimdagi inson boşqa edi, Eldor boşqaçaroq ekan. Töğrisi, jinoyatçiga ham öxşamasdi. Birinçi qaraşimda şunaqa taassurot qoldirgan menda.
Boşimga şapka berdi, öşani kiydim. Söngra “dom”dan çiqdik. Taksi çaqirişgan ekan. Taxminan yarim soat öşa köp qavatli uy pastida aylanib yurdik. Taksi kelgaç, maşinaga ötirdik. Men orqa örindiqning örtasiga ötirdim, ikki tomonimga ikkitasi mindi. Keyin Toşkent şahriga qarab yölga çiqdik.
Yölda maşina “metan-zapravka”ga kirib keldi. Tuşib kutib turdik. Yonimda Eldor bor edi. Oddiy yöl, köça. Ötiribmiz. Qöllarim va oyoqlarim yeçib taşlangan u paytda. Qoçaman desam öşa paytda ham vaziyat bor, ammo qörqdim. Aslida qoçişim mumkin bölgan imkoniyatlar bölgan, qörquv şu darajada kuçliligidan heç narsa qilolmaganman.
Şu tariqa Toşkentga yetib keldik. Qayerdaligimizni sörasam, Mirzo Uluğbek tumanidamiz, dedi Eldor. Odamlar aylanib yuribdi, odatiy hayot, xilvat joy emas, şahar markazi: mendagi qörquvni kimdir sezib qolarmikan, deya ötib-qaytayotganlarga qarayapman, lekin heç kimning işi yöq, hamma özi bilan ovora.
Eldor seni Qoraqalpoğistonga olib ketamiz, dedi. Men bormasligimni aytdim. Baribir bularni topişadi va meni ortga qaytarişadi, imkon qadar uzoqlaşib ketmaylik, degan fikr bor edi. Töğrisi, yiğlab turib oldim Qoraqalpoğistonga bormayman deb. Ozgina tortişdik. Keyin Eldor maşina çaqirdi va Çorvoqqa çiqib ketdik. Dalahovliga bordik. Ötirib ovqatlandik, ular pivo içişdi. Yana uyimdagilar bilan yozişdi. Şu bilan keç böldi. Qaysidir ma’noda bu vaziyatga könikib ham qoldim”, deydi Azizbek.
Ular bolani dalahovlida 20 oktyabr kuni soat 15:00 larga qadar ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qilib, uşlab turişgan. Bu orada guruh a’zolaridan biri – Azizbekni öz maşinasida Andijon şahriga olib borgaç, Qirğizistonga çiqib ketgan Abdulqodir Yöldoşev qöşni davlatda qölga olingandi.
“Keyin Çirçiq şahriga bordik. Eldorning bir tanişi bor ekan, öşaning uyiga bordik. Meni maxsus maşinada olib yurişmagan, qayerga borsak taksida yurganmiz.
Qanaqadir öğirlangan odamni keltirib, yaşirib qöyadigan uy emas, odamlar yaşaydigan oddiy uy, bolalar ham bor ekan. Bu endi uçinçi kun keçqurungi gap. Eldorning tanişi bölgan ayol mehmonlar kelibdi-ku, deya ovqat tayyorladi. Yedik. Eldor yana uyimdagilar bilan boğlanyapti.
Şu payt Eldorga kimdir qönğiroq qildi. U göşakni olişi bilan qönğiroq qilgan odam Eldorni söka boşladi. Qörqib ketdim. Çunki men hali bularning qölida edim. Eldor boşqa xonaga çiqib ketdi. Birozdan söng xonadan çiqib keldi, u şok holatida edi, böldi, hammasi tugadi, dedi şeriklariga. Nima bölganini tuşunmay qoldim: vaziyat eng çigal nuqtasiga keldi-da, boşqa tomonga özgarib ketdi. Eldor menga tur, ketamiz, dedi. Nima qilasizlar meni, deya sörasam, böldi, ketasan, deya javob berdi. Töliq tuşunmasam ham xursand bölib ketdim”, deya hikoya qiladi Azizbek.
Şu tariqa, Eldor Qodirov va uning şeriklari Azizbek Lutfullayevni özlari taksiga ötqazib, uyiga jönatib yuborişadi. Azizbek hozirda Toşkent xalqaro Vestminster universitetida tahsil olmoqda. U hayotida sodir bölgan uşbu voqeani heç qaçon unutmasligini, bu özi uçun katta saboq bölganini bildirdi.
Jinoyat jazosiz qolmagan: sud hukmi bilan Eldor Qodirov 17 yil-u 1 oy, Abdulatif Sobirov 11 yil, Oybek Şamşiddinov 10 yil-u 3 oy, Abdulqodir Yöldoşev 7 yil-u 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Yuqori instansiya sudlari dastlabki sud hukmini özgarişsiz qoldirgan.







