Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft MacBook Air’ni befoyda qurilma deb atadi
Microsoft kompaniyasi Surface Pro 4 planshetiga bag‘ishlangan reklama roligini namoyish qildi. Unda kompaniya o‘z mahsulotini Apple’ning MacBook Air noutbuki bilan taqqosladi. Mazkur video YouTube’da taqdim qilindi.
Reklamada yangragan qo‘shiqda Microsoft ikki qurilmaning xususiyatlarini tahlil qiladi. Videodagi kuylovchi qahramon “olma” korporatsiyasi noutbukini “mushugingning shlyapasidan-da befoyda” deb atagan.
Shuningdek, MacBook Air “og‘ir”, “sekin” va “ma'lum bir ma'noda kvadrat” qurilma sifatida tasvirlangan.
Bir vaqtning o‘zida Microsoft kompaniyasi Surface Pro 4 qurilmasining fazilatlariga to‘xtalgan, ularga sensor ekran, tasvirlarni barmoqlar bilan boshqarish imkoniyati va stilus yordamida ovoz yozish kabi xususiyatlar kiradi.
Mavzuga oid
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
18:55 / 14.10.2025
Microsoft kompaniyasi Windows 10 tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
20:59 / 26.09.2025
Microsoft Isroildagi falastinliklarni kuzatish uchun foydalanilgan xizmatlarni blokladi
07:09 / 04.08.2025