Jahon | 07:22 / 30.08.2016
3515
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh gazetasi Klinton salomatligi haqida maqolalar yozgan muallifni jazoladi

AQShning Huffington Post gazetasi bloger Devid Simanning AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonning salomatligi haqidagi ikkita maqolasini o‘z saytidan o‘chirib tashladi. Bundan tashqari, jurnalistning gazetadagi akkaunti to‘sib qo‘yildi.  
 
Shu tariqa, nashr Simanni avgustda Klintonni saylovchilarga o‘z salomatligi haqida ma'lumot berishga chaqirgan va siyosatchining salomatligi yomonligiga sha'ma qilgan ikkita xabar yozgani uchun jazoladi. 

Jurnalist ish beruvchisining bu xatti-harakatlaridan taajjublanmoqda. Uning aytishicha, nashr ikkala maqolani ham hech qanday ogohlantirishsiz va tushuntirishlarsiz o‘chirib tashlagan. "Bu nima – Xitoymi? Odamlar konstitutsiyaga birinchi tuzatma (so‘z va matbuot erkinligini himoyalovchi) bilan himoyalanmaganlarmi?", deb yozdi bloger tvitterda.

Oxirgi mahal Klinton sog‘lig‘i AQSh jamoatchiligini jiddiy tashvishlantirmoqda. Xavotirlarga siyosatchining saylovoldi nutqi va jurnalistlar bilan suhbat vaqtida tormozlashgan harakatlari sabab bo‘lgan.   

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid