Qozog‘istonda teraktlar amalga oshirishni rejalashtirgan 3ta guruh faoliyatiga chek qo‘yildi
Qozog‘iston g‘arbida, Aqto‘be viloyatida 12-30 avgust kunlari davomida mamlakat hududida teraktlar sodir etishni rejalashtirgan 3ta radikal guruh faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi xabarida aytilgan.
«Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi 12 – 30 avgust davomida G‘arbiy Qozog‘iston va Aqto‘be viloyatlarida uch radikal guruh faoliyatiga chek qo‘yilganini xabar qildi. Natijada, radikal guruhlarning huquqni saqlash organlari xodimlariga va aholi to‘planadigan joylarga tayorlayotgan hujumlari oldi olindi», — deyilgan qo‘mita xabarida.
Huquqni saqlash organlaridagi manbaning aytishicha, radikal guruh a'zolarining turar joylarida o‘qotar qurollar va o‘qlar, trotil, qo‘lbola portlovchi moslamalar, pichoqlar, ekstremistik mavzudagi audio va nashriyot materiallari topilgan. Undan tashqari maxsus qog‘oz, kompyuter va nusxa ko‘chirish texnikasi, va guruh a'zolari tomonidan tayyorlangan qalbaki pullar ham topilgan.
Qo‘lga olingan guruh a'zolariga qarshi Qozog‘iston respublikasi Jinoyat kodeksining 174 — Ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovat uyg‘otish, 256 — Terrorchilikni targ‘ib qilish, ommaviy terrorchilik akti amalga oshirishga da'vat qilish, 257 — Terrorchi guruh tashkil qilib uni boshqarish, 231 — Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘izlar tayorlash va undan foydalanish, 287 — Noqonuniy ravishda qurol-yarog‘, portlovchi moddalar sotib olish, sotish, birovga berish va saqlash hamda 288 — Noqonuniy ravishda qurol yasash moddalariga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Qozog‘iston MXQ xabariga ko‘ra G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 10 kishi, Aqto‘be viloyatida – 11 kishi hibsga olingan.
Ayni vaqtda qo‘lga olinganlarni tergov qilish ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024