"Formula-1" poygachisi Massa faoliyatini yakunlashini e'lon qilindi
"Formula-1" avtopoygasining Italiya Gran-prisi oldidan Montse shahrida berilgan maxsus matbuot-anjumanida "Uilyams" jamoasi poygachisi Felipe Massa mavsum yakunlangach "qirollik poygalaridagi" faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.
Massa poygadagi faoliyatini 2002 yilda boshlagan va o‘z faoliyati davomida "Zauber", "Ferrari" va "Uilyams" jamoalari uchun ishtirok etgan. Braziliyalik poygachi umumiy hisobda 242 ta Gran-prida ishtirok etgan, joriy chempionat yakunlanishigacha yana 8 ta poyga bor va u faoliyatini 250 ta poyga bilan tugatishi mumkin.
Massa hisobida "Ferrari" tarkibida 11 ta g‘alaba bor.
"Men oilamga, menejyerga va meni faoliyatim davomida qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytmoqchiman. Hayotimda imkoniyatlar bo‘lgani va xatarlardan saqlagani uchun Tangriga shukronalar aytaman. Faoliyatim davomida ishlashga to‘g‘ri kelgan barcha odamlarga rahmat.
Men o‘ylaganimdan ham ortig‘iga erishdim va bundan faxrlanaman. Menga faoliyatimni "Uilyams"da yakunlash katta sharafdir. Men butun umrim davomida poyga haqidagi ajoyib xotiralarni yodda saqlayman va yana bir bor hammaga rahmat aytmoqchiman", deb aytdi Massa.
Italiya Gran-prisi kelayotgan dam olish kunlari Montseda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022
To‘rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel «Formula-1»dagi faoliyatini yakunladi
20:23 / 12.12.2021
Maks Ferstappen ilk bor “Formula-1” chempioniga aylandi
23:06 / 28.11.2021