Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp noqonuniy muhojirlar deportatsiyasi uchun maxsus otryadlar tashkil etishni taklif qildi
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp prezident etib saylangan taqdirda, noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish uchun maxsus otryadlar tuzish rejasi to‘g‘risida ma'lum qildi. Bu haqida u Arizona shtati, Feniks shahridagi chiqishida e'lon qildi. USA Today uning chiqishini translyatsiya qildi.
“Men Hillari Klinton kabi adolatli hukmdan qochib yurgan eng xavfli va kriminal noqonuniy muhojirlarni topib, ularni ortga qaytarish uchun deportatsiya bo‘yicha maxsus guruh tuzmoqchiman”, - deya ta'kidladi Tramp.
Bundan tashqari, respublikachi immigratsiya va bojxona xodimlari sonini qisqartirishga va'da berdi. Shuningdek u xorijliklarga viza berish jarayonini keskinlashtirishni taklif qildi.
Mavzuga oid
10:25 / 12.06.2026
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
18:06 / 08.06.2026
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qisqartiriladi
17:43 / 04.06.2026
1 iyundan Rossiya qonunchiligida migrantlar uchun qator o‘zgarishlar kuchga kirdi
11:43 / 17.05.2026