Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda o‘n millionlab odamlar ish haqining oshirilishini talab qilib ko‘chalarga chiqdilar
Hindistonning sharqiy shtatlari ko‘chalariga o‘n millionlab odamlar eng kam ish haqining oshirilishini talab qilib ko‘chalarga chiqdilar, deb xabar bermoqda The Associated Press axborot agentligi.
Hindistonliklar Narendra Modi hukumatiga 12 ta asosiy talab bilan murojaat qilmoqdalar. Ular orasida eng kam ish haqini kuniga 692 rupiy (10 dollar) miqdorida belgilash va ko‘proq ijtimoiy kafolatlar berish talablari bor.
Agentlik Hindistonda hozirda eng kam ish haqi necha pul ekanligini ma'lum qilmagan.
Ommaviy noroziliklar Assam, Orissa va Uttar-Pradesh shtatlarida o‘tmoqda. Hindiston hukumati bir qator shaharlarda tartibsizliklar yuz berishi holatiga ehtiyot chorasi sifatida maktablar va universitetlarni vaqtinchalik yopib qo‘ydi.
Mavzuga oid
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
12:27 / 06.02.2026
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
15:33 / 05.02.2026