Jahon | 17:14 / 02.09.2016
6916
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: Xitoy Qozog‘istonga 26,2 mlrd dollarlik ishlab chiqarishni olib keladi 

Qozog‘iston davlat rahbari Nursulton Nazarboyevning bayonot berishicha, XXR Qozog‘istonga jami qiymati 26,2 mlrd dollarlik 51ta zavodni olib keladi. Nazarboyevning Xitoy OAVga bergan intervyusini Sinxua agentligi e'lon qilgan.

"Mamlakatlarimiz hukumatlari Xitoydagi ishlab chiqarish quvvatlarini Qozog‘istonga ko‘chirish dasturni ishlab chiqdi, - degan Nazarboyev. –Bugungi kunda, ro‘yxatga 51ta loyiha kiritilgan bo‘lib, ular kimyo, tog‘-metallurgiya, mashinasozlik, infratuzilmalar, energetika, agrosanoat majmualari, yengil sanoat, neftni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqish va axborot texnologiyalari sohalariga oiddir". 

Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtga kelib, ikkita loyiha Qozog‘istonda ish boshlagan: polipropilen va yengil avtomobillar ishlab chiqarila boshlagan. 

Nazarboyevning bayonot berishicha, uning mamlakati XXR bilan transport soxasida ham hamkorlik qilmoqda. Xususan, xitoy-qozoq chegarasida tranzit yuklari uchun port tashkil etilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid