Xitoy poytaxti Pekindagi eng baland CITIC Tower (China Zun, 528 m, 109 qavatli) osmonöpar binoga kiçik samolyot urildi.

Hodisa 26 iyun kuni tuşdan keyin sodir böldi, deb xabar berdi CNN.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda binodan qulab tuşayotgan bölaklar, samolyotning dum qismi va yerda singan taksi oynasi aks etgan. Odamlar evakuatsiya qilindi, voqea joyida favqulodda xizmatlar işlamoqda.

Foto: AP

Samolyot mahalliy General Aviation kompaniyasiga tegişli Sunward SA 60L Aurora (Xitoyda işlab çiqarilgan) yengil sport samolyotidir.

Hozirça qurbonlar yoki sabablar (texnik nosozlik, uçuvçi xatosi yoki boşqa narsa) haqida ma’lumot yöq.

Foto: X /Takemikazuchi26

China Zun - Pekindagi eng baland bino bölib, 2018 yilda qurilgan, şakli qadimiy diniy marosim idişi «tszun»dan ilhomlangan.