Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzon Qodirov 6 nafar olimpiyachiga Mercedes jiplaridan sovg‘a qildi
Chechenistonlik 6 nafar olimpiyachi Mercedes rusumidagi avtomobillar bilan taqdirlandi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov instagramda ma'lum qildi.
Mashinalar bilan Olimpiadada ishtirok etgan bokschi Adlan Abdurashidov, erkin va klassik uslub kurashchilari Islombek Albiyev, Anzor Boltukayev, Islom Magomedov taqdirlandi. Shtangachilar Apti Auxadov va Adam Maligov Olimpiadaga qo‘yilmagan bo‘lsalarda, ularga ham mashinalar taqdim qilindi.
Sportchilarni taqdirlash marosimi Grozniyda 3 sentabrda bo‘lib o‘tdi. Ramzon Qodirov sportchilarga tirishqoqliklari va bor kuchlarini ayamaganlari uchun minnatdorchilik bildirdi va sportchilarning asosiy g‘alabalari hali oldinda ekaniga umid bildirib qoldi.
"Tantanalarda yurtdoshimiz Albert Saritov mehmon bo‘ldi. U Ruminiya terma jamoasi safida ishtirok etib, erkin kurash musobaqalarida bronza medali sohibi bo‘ldi. Rossiya qahramoni Ahmad-Xoji Qodirov nomidagi Mintaqaviy jamoatchilik jamg‘armasi prezidenti Aymani Nesiyevna Qodirovaning qarori bilan 6 nafar sportchiga Mercedes jiplari berildi", deb ma'lum qildi Ramzon Qodirov.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
15:22 / 25.02.2026
Qozog‘iston chechenistonlik muxolifatchi ekstraditsiyasini to‘xtatdi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026