O‘zbekiston xalqiga ta'ziyanomalar kelishda davom etmoqda
Yevropa Ittifoqi eksperti Igor Vasilevskiy O‘zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
«Bugun prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimovning to‘satdan vafot etgani to‘g‘risidagi qayg‘uli xabarni eshitib, o‘zbek xalqiga o‘zimning chuqur hamdardligimni bildirishni ixtiyor qildim.
Yevropa Ittifoqi texnikaviy ko‘mak ko‘rsatish dasturining eksperti sifatidagi xizmat safarim chog‘ida respublika rahbari bilan uchrashish hamda uning sifatlarini munosib baholash imkoniyatiga ega bo‘lgan edim.
Hammaga ayonki, O‘zbekiston buyuk insondan judo bo‘ldi, men bu yo‘qotish tufayli mamlakatga sabr va o‘zining yorqin kelajagini qurish yo‘lini davom ettirishini tilayman», deya uning so‘zlarini keltiradi Jahon AA.
Xorijiy davlatlar, hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan ta'ziyanomalar kelmoqda. Mazkur ta'ziyanomalarda ushbu qayg‘uli damlarda O‘zbekiston rahbariyati, xalqi va Islom Karimovning oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildirilib, sabr-toqat tilangan.
Quyidagilar o‘z ta'ziyanomalarini yo‘llagan:
BMT Bosh kotibi – Pan Gi Mun
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti – Barak Obama
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti – Vladimir Putin
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi – Dmitriy Medvedev
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri – Sergey Lavrov
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi – Si Tszinpin
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri – Li Ketsyan
Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri – Van I
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti – Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majilisi Raisi – Nurlan Nigmatulin
Turkmaniston Prezidenti – Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti – Imomali Rahmon
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti – Almazbek Atamboyev
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti – Muhammad Ashraf G‘ani
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti – Ilhom Aliyev
Belarus Respublikasi Prezidenti – Aleksandr Lukashenko
Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri – Vladimir Makey
Ukraina Prezidenti – Pyotr Poroshenko
Koreya Respublikasi Prezidenti – Pak Kin Xe
Koreya Respublikasi Bosh vaziri – Xvan Gyo An
Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri – Yun Byon Se
Yaponiya Bosh vaziri – Shindzo Abe
Yaponiya Bosh vaziri rafiqasi – Akie Abe
Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri, parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi – Taro Aso
Yaponiya tashqi ishlar vaziri – Fumio Kisida
Hindiston Respublikasi Prezidenti – Pranab Mukerji
Turkiya Respublikasi Prezidenti – Rejyep Tayyip Erdo‘g‘on
Turkiya Respublikasi Bosh vaziri – Binali Yildirim
Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti – Mamnun Husayn
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri – Muhammad Navoz Sharif
Eron Islom Respublikasi Prezidenti – Hasan Ruhoniy
Singapur Respublikasi Prezidenti – Toni Tan Keng Yam
Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti – Yoaxim Gauk
Belgiyaliklar Qiroli – Filipp
Latviya Respublikasi Prezidenti – Raymonds Veyonis
Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri – Edgars Rinkevichs
Latviya Respublikasi Seymi Prezidiumi a'zosi – Andrey Klementev
Sloveniya Respublikasi Prezidenti – Borut Paxor
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi – Sergey Lebedev
Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyati
KXShT Bosh kotibi – Nikolay Bordyuja
BMT Taraqqiyot dasturi administratori – Helen Klark
“MAKSAM” kompaniyasining prezidenti va ijrochi direktori – Xose Fernando Sanches-Xunko
Ispaniya Arxeologlar uyushmasi bosh kotibi – professor Xesus Xil
Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi – Kerolin Lemm
Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi prezidenti – Stiven Naderni
“Turkiston – Amerika assotsiatsiyasi” raisi – Abdulla Xo‘ja
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori – Viktor Grishin
Xalqaro bolalar fondlari assotsiatsiyasi Prezidenti – Albert Lixanov
San Pablo universiteti professori (Madrid shahri), Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha ekspert – Antonio Alonso
Ta'ziyanomalar kelishi davom etmoqda.