21:39 / 06.09.2016
10756

Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta'ziyanomalar kelishda davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan ta'ziyanomalar kelmoqda. Mazkur ta'ziyanomalarda ushbu qayg‘uli damlarda O‘zbekiston rahbariyati, xalqi va Islom Karimovning oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildirilib, sabr-toqat tilangan. 

Quyidagilar o‘z ta'ziyanomalarini yo‘llagan: 

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri – Narendra Modi 

Malayziya Qiroli – Abdul Xalim Muadzam Shoh Yang di-Pertuan Agong XIV 

Malayziya Bosh vaziri – Dato Sri Moxd Najib 

Tailand Qiroli – Pumipon Adulyadet 

Finlyandiya Respublikasi Prezidenti – Sauli Niynistyo 

Slovakiya Respublikasi Prezidenti – Andrey Kiska 

Misr Arab Respublikasi Prezidenti – Abdulfattoh Said Husayn As-Sisi 

Falastin Davlati Prezidenti, Falastin ozodlik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasi raisi – Mahmud Abbos 

Laos Xalq-Demokratik Respublikasi Bosh vaziri – Txonglun Sisulit 

Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi – Jon Kerri 

Afg‘oniston Islom Respublikasi Parlamenti Quyi palatasi raisi – Abdul Rauf Ibrohimiy 

Kuvayt Davlati Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri – Shayx Saboh al-Xolid al-Xamad as-Saboh 

Tokio shahri gubernatori – Yuriko Koike 

Xigashikava shahri meri (Yaponiya) – Matsuoka Ichiro 

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori – Joze Grasianu da Silva 

«Transneft» kompaniyasi vitse-prezidenti – Vladimir Rushaylo 

«Mitsubishi Korporeyshn» boshqaruvi raisi – Ken Kobayashi 

«NEK Korporeyshn» kompaniyasi prezidenti – Nobuxiro Endo 

Fransiya rivojlanish agentligi bosh direktori – Remi Riyu 

Jahon Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti – Lev Levayev 

AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti – Boris Qandov 

«Soka Gakkay Interneshnl» prezidenti – Daysaku Ikeda 

Nagoya universiteti prezidenti – Seichi Matsuo 

Vaseda universiteti prezidenti – Kaoru Kamata 

Kasaba uyushmalari umumiy konfederatsiyasi bosh kotibi – Vladimir Sherbakov. 

Ta'ziyanomalar kelishi davom etmoqda. 

Top