Sport | 23:08 / 04.09.2016
12152
4 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralashi, Angliya oxirgi daqiqada g‘alabaga ega bo‘ldi, Qozog‘iston Polsha bilan durang o‘ynadi

Bugun Yevropada JCh-2018 saralash o‘yinlariga start berildi. 

Musobaqada 54 terma jamoa 9 guruhga bo‘lingan holda bellashuv olib boradi. Guruh g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCh-2018 yo‘llanmasiga ega bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 8 terma jamoa pley-off o‘yinlarida 4ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi.

Hozirgacha 5ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«F» guruhida Angliya Slovakiya maydoniga safar qildi va Adam Lallananing oxirgi daqiqada urgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuv Litva va Sloveniya o‘rtasida kechdi hamda 2:2 hisobida yakunlandi.

«E» guruhida Qozog‘iston Polsha bilan 2:2 hisobidagi durangni qayd etdi.

Guruhdagi yana bir uchrashuvda Daniya Armanistonni 1:0 hisobida taslim etdi.

«C» guruhida San-Marino Ozarbayjonni qabul qilib, 0:1 hisobida yutqazdi.

Slovakiya – Angliya 0:1
Gol: 0:1 – 90 Lallana.
Slovakiya – Kozachik, Shkrtel, Pekarik, Gubochan, Dyuritsa, Pechovski (Domber, 56), Shvento (Kishsh, 78), Gamshik, Mak (Kubik, 72), Gregush, Dyurish.
Angliya – Hart, Stounz, Rouz, Keyxill, Uoker, Xenderson (Alli, 64), Lallana, Sterling (Uolkott, 71), Dayyer, Keyn (Starrij, 82), Runi.
Ogohlantirish: Shkrtel (25).
Chetlatish: Shkrtel (57).

San-Marino – Ozarbayjon 0:1
Gol: 0:1 – 45 Gurbanov.
San-Marino – Simonchini, Chezarini, Simonchini, Berardi, Palatstsi, Kyarutstsi (Gasperoni, 53), Tozi, Brolli, Xirsh, Vitayoli (Valentini, 86), Berardi (Rinaldi, 73).
Ozarbayjon–    Agayev, Ramazanov (Sheydayev, 89), Sadygov, Medvedev, Garayev, Dashdemirov, Ismailov, Mirzabekov, Amirguliyev, Gurbanov (Aleskerov, 69), Nazarov (Maxmudov, 78).
Ogohlantirishlar: Vitayoli (36), Chezarini (57).
Chetlatish: Brolli (52).

Litva – Sloveniya 2:2
Gollar: 1:0 – 32 Chernix, 2:0 – 34 Slivka, 2:1 – 77 Krxin, 2:2 – 90 Tsesar.
Litva – Shetkus, Freydgeymas, Slavitskas, Vaytkunas, Girdvaynis, Slivka (Xvedukas, 79), Julpa, Chernyx (Grigaravichyus, 70), Kuklis, Valskis (Matulyavichyus, 85), Novikovas.
Sloveniya – Oblak, Samardjich, Yokich, Skubits, Tsesar, Verbich (Novakovich, 56), Krxin, Birsa, Kampl, Berich, Bezyak.
Ogohlantirishlar:
Julpa (75), Samarjich (88).

Qozog‘iston – Polsha 2:2
Gollar: 0:1 – 9 Kapustka, 0:2 – 35, penalti Levandovski, 1:2 – 51 Xijnichenko, 2:2 – 58 Xijnichenko.
Qozog‘iston – Pokatilov, Kislitsyn, Malyy, Shomko, Beysebekov, Kuat, Bayjanov (Nurgaliyev, 69), Mujikov, Islamxan (Tagybergen, 79), Axmetov (Abdulin, 61), Xijnichenko.
Polsha – Fabianski, Pishchek, Salamon, Glik, Kapustka (Linetti, 83), Rybus, Blashchikovski, Kryxovyak, Zelinski, Milik, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Levandovski (18), Malyy (18), Zelinski (28), Axmetov (43), Pishchek (53), Bayjanov (56), Xijnichenko (70), Kuat (71), Glik (73), Islamxan (74).

Daniya – Armaniston 1:0
Gol: 1:0 – 17 Eriksen.
Daniya – Rennov, Kristensen, Ker, Vestergor, Ankersen, Xeyberg (Dileyni, 81), Eriksen, Fisher, Kvist, Durmisi, Yorgensen (Poulsen, 66).
Armaniston – Beglaryan, Mkoyan, Ovanesyan, Aroyan, Andonyan, Malakyan (Manoyan, 77), Yedigaryan, Ozbiliz (Kazaryan, 41), Ambartsumyan, Kadimyan, Arshakyan (Pitstselli, 70).
Ogohlantirishlar: Kazaryan (85), Andonyan (90).

Toshkent vaqti bilan soat 23:45da yana 4ta uchrashuv boshlanadi:

«C» guruhi
23: 45 Chexiya – Shimoliy Irlandiya
23: 45 Norvegiya - Germaniya

«E» guruhi
23: 45 Ruminiya - Chernogoriya

«F» guruhi
23: 45 Malta - Shotlandiya

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid