Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dron yordamida olingan yangi tug‘ilgan oq kit bolasining suratlari chop etildi
Avstraliyalik olimlar dron yordamida oq kit bolasining noyob suratlarini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu kichik janubiy silliq kit (Eubalaena australis) bo‘lib, ular insonga do‘stona munosabatda bo‘lishlari bilan ajralib turishadi. Shu bois ular kit ovchilarining o‘ljalariga aylanishgan. Business Insider nashrining ma'lum qilishicha, ushbu noyob jonivorlarning suratlari Avstraliya yaqinida tasvirga olingan.
Kuzatuvlarga ko‘ra, kitchaning uzunligi atigi 6 metrdan iborat bo‘lgan. Bu uning endigina dunyoga kelganidan dalolat beradi. Kuzatuv davomida uning yetti kunda 7 metrgacha, ya'ni bir kunda 14 santimetrga o‘sganiga guvoh bo‘lingan.
Oq kitlar juda kamdan-kam tug‘iladi. Olimlar Avstraliyada taxminan 3 ming ana shunday turdagi kitlar borligi haqida ma'lum qilishgan. Janubiy kitlar 15 metrgacha o‘sishi va 60 tonnagacha og‘irlikka ega bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026