Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung’ning Galaxy Note 7 smartfonlarini qaytarib olish dasturi 1 milliard dollarga baholandi
Credit Suisse Group AG, Daishin Securities Co. va Pelham Smithers Associates tahlilchilarining baholariga ko‘ra, so‘nggi smartfonni qaytarib olish dasturi Samsung’ga taxminan 1 milliard dollarga tushadi. Kompaniya xodimi moliyaviy asoratlar haqidagi savolga javob berayotib, gap “yurakni o‘rtovchi” summa haqida ketayotganini aytdi.
2016 yil natijalariga ko‘ra, Samsung 20,6 milliard dollar miqdoridagi sof daromadni prognozlashtirmoqda. 1 milliard dollar – bu summaning 5 foizdan kamrog‘i, deb yozadi Bloomberg. Shuningdek agentlik smartfonlarni qaytarib olish bo‘yicha xarajatlarning ma'lum bir qismini akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchilari to‘lashini taxmin qilmoqda.
Singapur Milliy universiteti professori Chang Si Jinning so‘zlariga ko‘ra, mazkur vaziyatda moliyaviy yo‘qotishlarga nisbatan kompaniyaning obro‘siga ko‘proq putur yetadi.
AQShda Galaxy Note 7 sotuvlari 16 avgustdan yo‘lga qo‘yilgan. Samsung 7 sentabrda yangi iPhone versiyasini taqdim etadigan Apple oldida vaqtdan yutdi, xolos. “Endi bu ustunlik yo‘qqa chiqdi”, - dedi Singapurdagi IDC tahlilchisi Brayan Ma.
Eslatib o‘tamiz, Samsung 2016 yilning 2 sentabrida butun dunyo bo‘ylab Galaxy Note 7 qurilmalarining sotuvini to‘xtatish haqida e'lon qilgandi. Qaytarish dasturi akkumulyatorlarni quvvatlash vaqtidagi portlashlar tufayli yo‘lga qo‘yilgandi. Ichki tekshiruv davomida kompaniya 35ta ana shunday holat bilan to‘qnashdi.
Mavzuga oid
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
15:00 / 10.03.2026
Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra Global Mobile Awards 2026 da mukofotini qo‘lga kiritdi
21:00 / 25.02.2026
Samsung’dan mobil suratga olishning yangi davri
20:35 / 08.02.2026