Bir neça kunlik natijasiz muzokaralardan söng, tomonlar mehnat vaziri Kim Yonxun iştirokida muzokara ötkazdi va mahalliy vaqt bilan taxminan soat 22:30 da – iş taşlaş boşlanişi belgilangan muddatga 90 daqiqa qolganda – kelişuvga erişdi.

Samsung Electronics xodimlari kasaba uyuşmasi raisi Çxve Sinxoning ma’lum qilişiça, iş beruvçi bilan erişilgan kelişuv loyihasi 27 mayga qadar kasaba uyuşmalari a’zolari örtasida ovozga qöyiladi. U xodimlarni odatdagidek işga çiqişga çaqirdi.

Kelişuvga köra, yarimötkazgiçlar işlab çiqariş bölinmasi xodimlari amaldagi bonus tizimiga qöşimça ravişda, kompaniya operatsion foydasining 10,5 foizini oladi. Şuningdek, iş haqlari örtaça 6,2 foizga oşirilişi nazarda tutilgan.

Samsung xodimlarining iş taşlaşi – sun’iy intellekt tizimlari uçun yarimötkazgiçlarga talab ortib borayotgan bir paytda kun tartibiga çiqqan edi. Sungkyunkvan universiteti professori Kvon Sokjunning aytişiça, Samsung kompaniyasi – Koreya eksporti, fond bozori va yarimötkazgiçlar ta’minot zanjirida markaziy örin tutişi sababli, iş faoliyatining har qanday töxtaşi “milliy sanoat uçun jiddiy xavf” bölar edi.

Financial Times'ning qayd etişiça, Samsung Electronics va uning mahalliy raqobatçisi SK Hynix sun’iy intellekt kompaniyalari orasida talab yuqori bölgan yarimötkazgiçlar va yuqori tezlikda işlovçi xotira mikrosxemalari bozorida deyarli duopoliyaga ega.

Avvalroq Koreya savdo, sanoat va energetika vaziri Kim Çjongvan iş taşlaş oqibatida iqtisodiyotga yetkazilişi mumkin bölgan zararni 100 trln von (66 mlrd dollar) deb baholagandi. Uning sözlariga köra, Samsunğdagi norozilik aksiyalari yana 1,7 mingta kompaniya faoliyatiga ham ta’sir qilişi mumkin edi.

The Korea Times gazetasining yozişiça, iş taşlaş amalga oşirilgan taqdirda kunlik yöqotişlar 1 trln vondan (taxminan 664 mln dollar) oşib ketişi mumkin edi.