Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamenti: AQSh Toshkent bilan hamkorlikni davom ettiradi
AQSh O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafotidan keyin ham Toshkent bilan hamkorlik munosabatlarini saqlab qoladi. Bu haqda seshanba kuni AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblyum jurnalistlarga ma'lum qilgan.
"Men Toshkentda bir necha kun bo‘laman. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan hamdardlik izhor etaman. Bizning O‘zbekiston bilan munosabatlarimiz o‘zgarmaydi", degan u o‘z tashrifi davomida.
Bundan oldinroq O‘zbekiston TIVda Abdulaziz Komilov ushbu diplomat bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida ma'lum qilgandi.
U AQSh prezidenti Barak Obamaning O‘zbekiston ahliga dalda bildirgan maktubi matnini taqdim etgan.
"Men Komilov bilan uchrashuv vaqtida ikki tomonlama munosabatlar saqlab qolinishi haqida gapirdim. Bu juda muhimdir", deya qayd etgan AQSh Davlat departamenti vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rahbariyat almashinuvi har qanday davlat uchun qiyin davrdir, lekin bu munosabatlarni mustahkamlash vaqti bo‘lishi ham mumkin.
Mavzuga oid
19:35 / 11.07.2025
AQSh Davlat departamenti 1,3 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi - AP
15:05 / 27.06.2025
Oq uy Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin
20:30 / 20.04.2025
NYT: Tramp Davlat departamentini «tubdan qayta tashkil etish»ga tayyorgarlik ko‘rmoqda
00:27 / 29.03.2025