Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamenti 1,3 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi - AP
Qisqartirishlarni AQSh prezidenti Donald Tramp, davlat kotibi Marko Rubio va uning respublikachi ittifoqchilari ma’qullagan.

Foto: AP
AQSh Davlat deparatmenti 1,3 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatmoqda. Bu haqda idoraning yuqori martabali xodimiga tayanib Associated Press xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Davlat departamenti 1107 nafar ishchi va AQSh hududida faoliyat yuritadigan diplomatik xizmatlarning 246 nafar xodimini ishdan bo‘shatilishi haqida xabardor qilgan.
Agentlik o‘rgangan Davlat departamentining ichki hujjatiga ko‘ra, diplomatik xizmatlar xodimlari ishdan bo‘shatilishlari haqidagi tegishli xabarnomani olgach, darhol 120 kunga ma’muriy ta’tilga yo‘l oladi, shundan keyin rasman ishidan ayriladi. Davlat xizmatchilarining aksariyati uchun esa ishdan bo‘shash jarayoni 60 kunga cho‘ziladi.
Ta’kidlanishicha, Davlat departamenti «diplomatik ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratish maqsadida ichki faoliyatni optimallashtirmoqda», qisqartirish esa «ehtiyotkorlik bilan rejalashtirilgan» bo‘lib, «asosiy bo‘lmagan funksiyalar, takrorlanuvchi yoki ortiqcha bo‘limlar» hamda xodimlarning vazifa va majburiyatlarini birlashtirish mumkin bo‘lgan bo‘limlarga taalluqli.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat departamentidagi qisqartirishlarni AQSh prezidenti Donald Tramp, davlat kotibi Marko Rubio va uning respublikachi ittifoqchilari ma’qullagan. Shu bilan birga, amaldagi va sobiq diplomatlar ushbu qarorni sir tutib kelgan, chunki bu «AQSh ta’sirini hamda uning xorijdagi mavjud va paydo bo‘layotgan tahdidlarga qarshi turish qobiliyatini zaiflashtiradi».
Donald Tramp ikkinchi prezidentlik muddati boshlanganidan beri davlat xizmatchilarini qisqartirish ishlarini faol amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, The Washington Post gazetasining yozishicha, iyun oyida ishdan bo‘shatilgan xodimlarning bir qismi yana ishga tiklana boshlagan.
Tavsiya etamiz
G‘azo bosib olinmoqda: Isroil kim bilan urushyapti o‘zi?
Jahon | 23:00 / 16.09.2025
Kuzning ilk salqin haftasi – ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Jamiyat | 22:17 / 15.09.2025
Telefonga qaram bo‘lgan bola miyasining rivojlanishi susayadi – mutaxassis
Sog‘lom hayot | 22:12 / 15.09.2025
Isroilning Qatarga hujumi: bu Turkiyaga signalmi?
Jahon | 20:55 / 15.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Albaniya parlamentida birinchi sun’iy intellekt - vazir nutq qildi
Fan-texnika | 23:51 / 18.09.2025
-
KXDR Rossiyadan atom suvosti kemalari texnologiyasini oldi – OAV
Jahon | 23:08 / 18.09.2025
-
Jazolangan chiptasiz yo‘lovchilar, ko‘chada “ismli davlat raqami” va kambag‘al oilalarga bepul dori – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:41 / 18.09.2025
-
Shavkat Mirziyoyev BMT 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda qatnashadi
O‘zbekiston | 22:17 / 18.09.2025
Mavzuga oid

22:15 / 18.09.2025
Tramp Afg‘onistondagi «Bagrom» harbiy-havo kuchlari bazasini AQSh nazoratiga qaytarmoqchi

22:08 / 18.09.2025
Pentagon «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqdi

21:46 / 18.09.2025
Putin menga pand berdi – Tramp

20:28 / 18.09.2025