Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda dunyodagi eng katta musiqali favvora ochilmoqda
Dunyodagi eng katta - uzunligi 100 metr, kengligi 400 metrni tashkil qiluvchi raqs tushadigan favvora Dubayda bunyod etiladi. Bu haqda Dubaydagi Cityscape Global ko‘rgazmasida ma'lum qilingan.
Favvora Dubaydagi Meydan One Mall savdo majmuasi ichida quriladi. Ushbu loyihaga 2015 yilning avgustida start berilgan. Favvora maydoni 30 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bu yerda chang‘i kompleksi barpo etilishi ham ko‘zda tutilgan.
Dunyodagi eng ulkan va uzun musiqiy favvoralardan biri Dubayda 2009 yilda paydo bo‘lgandi. Bu favvora Burj Xalifa minorasi oldida joylashgan. Uning uzunligi 275 metr bo‘lib, otilgan suv oqimi balandligi esa 150 metrga yetadi.
Mavzuga oid
08:40 / 31.03.2026
Dubay yaqinida Kuvayt neft tankeriga hujum qilindi
22:42 / 28.03.2026
Eron Dubaydagi “Ukraina ombori”ga zarba berganini ma’lum qildi
10:08 / 24.03.2026
Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi qator reyslar bekor qilindi
23:11 / 18.03.2026