Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya respublikasi “pora” tushunchasiga aniqlik kiritdi
Koreya Respublikasi hukumati “pora” iborasiga aniqlik kirituvchi qonunni qabul qildi. Uni mamlakat bosh vaziri Xvan Gyo An Vazirlar mahkamasi yig‘ilishi chog‘ida imzolagan.
Davlat xizmatchilari to‘g‘risidagi yangi qonunga muvofiq, jurnalistlar va maktab o‘qituvchilari 50 ming vondan (45 dollarga yaqin) qimmat hadyalar olishi, restoranlarda 30 ming vondan ortiq (27 dollar) tamaddi qilishi va motam yoki bayram munosabati bilan 100 ming vondan ortiq (90 dollar) pul mablag‘i olishi taqiqlanadi. Shu bilan birga, hukumat mulozimlarining ustozlik faoliyati uchun yirik maosh to‘lanadi. Xususan, davlat mulozimi bir akademik soat ma'ruzasi uchun 500 ming von (450 dollar) oladi.
"Bu qonun Koreya respublikasida yanada demokratik va shaffof jamiyat barpo etishga imkon beradi", - deb qayd etgan Xvan Gyo An.
U, shuningdek, hukumat qonun tufayli mahalliy tadbirkorlar, birinchi galda qishloq xo‘jaligi kompaniyalariga yetkaziladigan zararlarni kamaytirish uchun harakat qilishini ta'kidlagan.
Gap shundaki, Janubiy Koreyada turli tantana va bayramlarda qimmat narxdagi oziq-ovqat mahsulotlari, oliy sifatli guruch, marmar go‘sht, eksklyuziv choy kabilarni hadya qilish an'anaga aylangan. Qonunni qoralovchilarning aytishicha, ushbu hujjat mazkur mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
09:45 / 13.06.2026