Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan Boş prokuratura va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Urgut tumani prokurori örinbosarining noqonuniy harakatlari foş etildi.
Tergov materiallariga köra, u Past Darğom tumani prokuraturasida faoliyat yuritgan davrida xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy mas’uliyati çeklangan jamiyat tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş oqibatida davlatga yetkazilgan 2 milliard 887 million söm zarar miqdorini 805,9 million sömgaça kamaytirib beriş evaziga vositaçilar orqali 6,5 ming AQŞ dollari va 35 million söm olgani aniqlangan.
Şuningdek, u mazkur MÇJ mansabdorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida zarar miqdorini 150–200 million sömgaça kamaytiriş hamda sud organlaridagi tanişlari orqali yengilroq jazo tayinlanişiga yordam berişini aytib, korxona egasidan yana 15 ming AQŞ dollari talab qilgani ma’lum qilindi.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan prokurorning noqonuniy harakatlari yuzasidan aşyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, «qamoq» ehtiyot çorasi qöllandi. Ayni paytda iş böyiça dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

















