Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makedoniyada samolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Makedoniyada Piper rusumidagi yengil motorli samolyotning qulashi oqibatida. Italiyaning 4 fuqarosi va Kosovoning 2 fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Rai News telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, samolyot Italiyaning Trevizo viloyatidan Kosovo poytaxti – Prishtina shahriga uchayotgan bo‘lgan. Samolyot Makedoniya poytaxti – Skopeda yoqilg‘i quyish uchun qo‘nishi rejalashtirilgan bo‘lgan.
Halok bo‘lganlar shaxsi oshkor qilinmagan. Voqea joyiga qutqaruvchilar jamoasi yuborilgan, ular halokat sabablarini aniqlash uchun samolyot "qora qutisini" qidirish bilan shug‘ullanishadi. Ma'lum qilinishicha, samolyotning qulashiga yomg‘irli ob-havo sharoitida yomon ko‘rish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Guvohlarning aytishicha, samolyot qulashidan oldin alangalanib ketgan.
Mavzuga oid
13:40 / 28.11.2025
Samolyot eng ishonchli transport vositasi bo‘lmay qoldimi?
13:08 / 22.07.2025
O‘zbekistonliklar dunyo bo‘ylab kruiz laynerlarida ishlashi mumkin bo‘ladi
22:13 / 19.12.2023
Samolyot parvozi paytida qanday kasalliklar kuchayishi mumkinligi aytildi
11:34 / 04.06.2023