Janubiy Koreyaning Muan aeroportida JeJu Airlines aviakompaniyasining samolyoti halokatga uchradi va 179 kishi qurbon bo‘ldi. Yanvar oyining oxirida Vashington osmonida yo‘lovchi samolyotining harbiy vertolyot bilan to‘qnashishi natijasida 70 nafarga yaqin inson halok bo‘ldi. Iyun oyida Hindiston g‘arbidagi Ahmadobod aeroporti yaqinida Boyeing 787 Dreamliner quladi. Nega aviahalokatlar ko‘payib ketdi?

So‘nggi paytlarda dunyoning turli mintaqalarida samolyotlar bilan bog‘liq avariya va favqulodda qo‘nishlar soni keskin ko‘paydi. 2024 yilning 29 dekabr kuni Janubiy Koreyaning Muan aeroportida JeJu Airlines aviakompaniyasining samolyoti halokatga uchradi va 179 kishi qurbon bo‘ldi. Oradan bir oy ham vaqt o‘tmay Koreyaning boshqa bir yirik shahri Pusan ​​xalqaro aeroportida yo‘lovchi samolyoti havoga ko‘tarilishidan oldin yonib ketdi. Yanvar oyining oxirida navbatdagi fojia AQSh poytaxti Vashington osmonida yuz berdi: yo‘lovchi samolyotining harbiy vertolyot bilan to‘qnashishi natijasida 70 nafarga yaqin inson halok bo‘ldi. Iyun oyida Hindiston g‘arbidagi Ahmadobod aeroporti yaqinida Boyeing 787 Dreamliner halokatga uchradi. Samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay turar joy hududidagi tibbiyot kollej yotoqxonasi binosiga quladi. Aviafalokat kamida 290 insonning o‘limiga sabab bo‘ldi. Iyul oyida Bangladeshda harbiy samolyot kollej hududiga quladi. Tarmoqlarda “samolyot hali ham eng ishonchli transportmi?” degan savollar ko‘paydi. Aslida-chi? Vaziyat qanday?

Nega aviahalokatlar ko‘payib ketdi?