Jahon | 06:49 / 10.09.2016
6559
1 daqiqa o‘qiladi
Bag‘doddagi portlash oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi
Bag‘dod sharqidagi savdo markazi yaqinida ichida portlovchi modda bo‘lgan avtomobil portladi. Buning oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RT nashri xabar bermoqda.
Bundan tashqari, portlash oqibatida kamida 30 kishi jarohat oldi. Hozircha hech qaysi bir terrorchilik guruhi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.