Klinton 11 sentabr qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimda tobi qochdi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton 11 sentabrdagi terakt qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimni o‘zini yomon his qilgani sababli tark etdi. Uning saylov shtabining ma'lum qilishicha, u keyin o‘zini yaxshi his qilgan.
Oktyabrda 69 yoshga to‘ladigan Klinton toliqib tobi qochgan va qizi Chelsining uyiga yetkazilgan, biroq keyin u o‘zini yaxshiroq his qilgan. Klinton ko‘chada o‘tgan marosimda 90 daqiqaga yaqin bo‘lgan.
Klintonning prezidentlik saylovlaridagi raqibi Donald Tramp uning salomatligi va mamlakat prezidenti kabi og‘ir majburiyatni jismoniy bajara olishga qodirligini shubha ostiga qo‘yib kelmoqda. Sentyabrda Klinton salomatligi yomonligi haqidagi gaplarni inkor qilib, Ogayodagi tadbirda 2 daqiqaga yaqin davom etgan yo‘talini allergiya bilan tushuntirgandi.
2012 yil dekabrda Klinton bosh miya chayqalishini boshdan kechirgandi. Iyulda Klintonning shifokori mijozining sog‘lig‘i "ajoyib" va Oq uyda "ishlashga ijozat beradigan" ahvolda ekanligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
22:05 / 20.08.2024
Xillari Klinton Kamala Xarrisga «shisha shift»ni sindirish vaqti kelganini aytdi
22:12 / 02.01.2020
Xillari Klinton Britaniyadagi Kvins universiteti rektori bo‘ldi
00:47 / 06.09.2019
MRBning sobiq tahlilchisi: Putin Bushni 11 sentyabrdagi teraktlardan ogohlantirgan
11:58 / 05.03.2019