Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2001 yilda AQŞning öşa vaqtdagi prezidenti Jorj Buşni AQŞ hududida teraktlar tayyorlanayotgan bölişi mumkinligidan ogohlantirgan. Bu haqda AQŞ markaziy razvedka boşqarmasining sobiq tahlilçisi Jorj Bibi özining kitobida yozgan.

Bibi “Rossiya tuzoği: Rossiya bilan xufiyona uruşimiz qanday qilib yadro falokatiga aylanişi mumkin” deb nomlangan kitobida Putin 11 sentyabrdagi teraktlardan 2 kun avval amerikalik hamkasbiga qönğiroq qilib, Rossiya razvedkasi Afğonistondan taralayotgan, “ançadan beri tayyorgarlik körilgan” terrorçilik kampaniyasi alomatlarini qayd qilganini ma'lum qilgan. 

Sobiq tahlilçi Putin 11 sentyabrdagi teraktlardan keyin AQŞni qöllab-quvvatlaş uçun Buşga qönğiroq qilgan birinçi xorijiy yetakçi bölganini eslatib ötgan. 

Bibining kitobi AQŞda joriy haftada sotuvga çiqdi. Bibi MRBning Rossiya bilan şuğullangan tahliliy bölinmasiga rahbarlik qilgan, hozirda esa Vaşingtondagi Milliy manfaatlar markazi vitse-prezidenti bölib işlaydi.

Kreml saytining yangiliklar arxivida 2001 yil 10 sentyabrda Putin va Buş örtasida telefon muloqoti bölib ötgani haqidagi xabar bor. Ta'kidlanişiça, qönğiroq AQŞ taşabbusi bilan amalga oşirilgan, unda Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammitiga hamda ikki davlat örtasidagi oliy darajadagi muzokaralarga tayyorgarlik işlari muhokama qilingan.