Jamiyat | 11:18 / 12.09.2016
8201
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda noma'lum kishi Powerball lotereyasining 487 mln dollarlik jyekpotini yutib oldi

AQShda 11 sentabr kuni Powerball lotereyasida 487 million dollar o‘ynaldi va mukofot o‘z egasini topdi. G‘olibning shaxsi hozircha ma'lum emas, ammo u yutuqli chiptani 30 iyul kuni Nyu-Hempshir shtatidagi 10 ming kishi istiqomat qiladigan Reymond shahrida sotib olgan.

Bu tarixda yutuq miqdori jihatidan sakkizinchi jyekpot bo‘ldi. 

Yutuqning salkam 40 foizini davlatga soliq tarzida to‘lashga to‘g‘ri keladi va g‘olibga 330,6 mln dollar tegadi. 

Ma'lumot uchun, Powerball AQShdagi 44 shtat, Vashington, Kolumbiya okrugi, Puerto-Riko va Virginiya orollarida o‘ynaladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid