Barçasi 1971 yilda boşlangan. Öşa yili dekabr oyida Kiyevda yaşovçi şaxs 30 tiyinga pul va buyumlar öynaladigan lotereya çiptasini sotib oladi. Köp ötmay çiptaga köpçilikning orzusidagi maşina – GAZ-24 «Volga» maşinasi yutuği çiqadi.

Öşa paytlarda «Volga» maşinasining narxi 9150 rubl bölgan. Biroq bu maşinani hatto navbatga turib ham olib bölmas, şu uçun uning narxi ikkilamçi bozorda 20-30 ming rubl, hatto undan ham oşar edi.

Maşinasini sotmoqçi bölganlar uning ustiga pul qöşib, davlat belgilaganidan qimmat narxga sotişi mumkin emasdi. Bu uçun jinoiy javobgarlik belgilangan va ular olibsotar deb jazolanardi.

Biroq maşinasini qimmatroqqa sotişni maqsad qilganlar jazodan qoçiş uçun xaridor bilan kelişardi. Söng oldi-sotdi hujjatlarida maşinaning davlat narxini körsatib, qolgan pulni yaşirinça olardi.

Maşina taqçilligidan hukumat ham ustalik bilan foydalanardi. «Volga» GAZ-24 maşinalarini lotereyaga yutuq sifatida qöyib, bundan katta foyda olardi.

Endi yutuqqa ega çiqqan kiyevlikka kelsak, u «Volga» maşinasini emas, uning qiymatini pul körinişda olişga qaror qiladi.

Foto: mirtesen.ru

1972 yil yanvar oyi boşida bayram ta’tilidan keyingi dastlabki iş kunida kiyevlik bankka keladi va lotereya çiptasini körsatib maşina emas, uning pulini olmoqçiligini aytadi.

Tartibga köra bank lotereya çiptasini yutgan odamdan olişi, uni ekspertizadan ötkazişi va barçasi joyida bölsa yutuqqa çiqqan maşina qiymatini jamğarma kassada oçilgan hisobraqamga ötkazib berişi kerak edi.

Biroq Kiyevdagi bankning kassiri hamda uning nazoratçisi negadir tartibga rioya qilişmaydi va lotereyadan yutgan şaxsga «Volga»ning davlat narxi, 9 150 rublni naqd körinişda berib yuborişadi.

Ikkovlon yangi «Volga» GAZ-24 maşinasi öz narxidan ança qimmat turişini bilişardi. Ular lotereyaning yutuqli çiptasini tanişlardan biriga sotib, foydani bölib olişni maqsad qilişgandi.

Şu uçun ham lotereyaning yutuqli çiptasini olib kelgan odamga tartiblarni bir çetga surib naqd pul berib yuborişadi.

Bank xodimlari tez orada yutuqli çiptani sotib, bankdan olingan pulni heç kimga sezdirmay örniga qöyişni reja qilişgandi. Biroq işlar teskarisiga aylanib ketadi.