Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 100 yoshdan oshgan 65 mingdan ortiq kishi yashamoqda
Yaponiyada ayni vaqtda yoshi yuzdan oshgan kishilar soni 65 ming 692 nafarni tashkil qiladi. Bu ma'lumotlar Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 19 sentabr kuni o‘tkaziladigan Keksalarni e'zozlash kuni bayrami arafasida e'lon qilingan.
Ma'lum bo‘lishicha, bu mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich sanaladi.
Uzoq ko‘ruvchi yaponiyaliklarning aksar qismi ayollar — 88 foiz. 65 mingdan ortgan qariyalarning 8 ming nafari erkak kishilar. Ko‘p umr ko‘ruvchilar eng ko‘p miqdorda istiqomat qiluvchi hudud qatorasiga to‘rtinchi yil Simane prefektura bo‘ldi — har 100 ming kishiga 96,25.
Eng keksa yoshdagi yaponiyalik ayol Kagosima prefekturasida istiqomat qilmoqda, u 1900 yilning avgustida tug‘ilgan. Eng keksa yoshdagi yaponiyalik erkak Masamitsu Yosida bo‘lib, u hozirda 112 yoshda va Tokioda yashaydi.
Uzoq umr ko‘rish ko‘rsatkichlari oshgani vazirlik tomonidan tibbiy xizmatlar sifati oshgani bilan izohlangan.
Mavzuga oid
21:30 / 16.07.2026
Toyota 2027 yilgi Crown modelini namoyish etdi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026