Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
Joriy yil 1 iyuldan bir martalik viza 3 ming iyenadan (19 dollar) 15 ming iyenaga (taxminan 93 dollar), ko‘p martalik viza esa 6 ming iyenadan (38 dollar) 30 ming iyenaga (taxminan 186 dollar) oshadi.
Yaponiya joriy yil 1 iyuldan boshlab xorij fuqarolari uchun viza rasmiylashtirish narxini besh barobarga oshiradi. Bu haqda Kyodo News xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir martalik viza 3 ming iyenadan (19 dollar) 15 ming iyenaga (taxminan 93 dollar), ko‘p martalik viza esa 6 ming iyenadan (38 dollar) 30 ming iyenaga (taxminan 186 dollar) oshadi.
Mamlakat tashqi ishlar vaziri Motegi Tosimitsuning ta’kidlashicha, amaldagi viza to‘lovlari 1978 yilda joriy qilingan bo‘lib, ayni paytda narxlar inflatsiya va valuta kurslaridagi o‘zgarishlar tufayli qayta ko‘rib chiqilgan.
Motegining so‘zlariga ko‘ra, qaror turli ta’sirlar va boshqa omillarni inobatga olgan holda qabul qilingan va u bu o‘zgarish turizmga keskin ta’sir ko‘rsatishi kutilmayapti.
Mavzuga oid
14:57 / 01.07.2026
Raqobat qo‘mitasi dominant viza markazlarini reyestrga kiritdi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
09:15 / 23.06.2026