Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Galaxy Note 7 bilan bog‘liq muammolar Samsung rahbariga qimmatga tushdi

Samsung konserni rahbari Li Gonxi Galaxy Note 7 qurilmasining muvaffaqiyatsizligi tufayli atigi ikki kun ichida 1,2 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqida 13 sentabr kuni Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.
Smartfonning flagman modeli qaytarib olingani va uning aviareyslarda qo‘llanishi taqiqlanganidan keyin Samsung kompaniyasining bozor narxi 22 milliard dollarga tushib ketdi.
Shunga qaramay, kompaniyani 1987 yilning 1 dekabridan buyon boshqarib kelayotgan Li Gonxi Janubiy Koreyadagi eng badavlat kishiligicha qolmoqda. Uning boyligi 13,5 milliard dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026