Oy shakllanishining asosiy nazariyasi inkor etildi
Amerikalik geokimyogarlar oy namunalarida izotoplarni o‘lchar ekan, Oyning shakllanishidagi eng keng tarqalgan nazariyani inkor qilishdi va o‘tmishda sayyoraning kuchli bug‘lanishiga yo‘l qo‘yilganini aniqlashdi. Mazkur tadqiqot Nature jurnalida chop etildi.
Geokimyogarlar Oy va Yer jinslarida uch barqaror kaliy izotoplarini tahlil qilishdi. Olingan ma'lumotlar yo‘ldosh va sayyora namunalarida atomlarning bunday turi bir xil ekanligiga ishora qiladi, bu esa ularning kelib chiqishidagi umumiylikni ko‘rsatadi.
Ushbu natijalar uzoq o‘tmishda sayyoraning yirik osmon jismi bilan to‘qnashganini taxmin qilib, Yer yo‘ldoshi shakllanishining ikki yangi modeli bilan izohlanadi. Birinchi - sayyora orbitasida avval silikat disk, keyin esa Oy hosil bo‘lgan. Ikkinchi - sayyoraning deyarli barcha mantiyasi bug‘lanib ketgan va atrofdagi fazoga sovurilgan, shu tariqa Yerning yo‘ldoshi shakllangan.
Biroq Oy namunalarida Yerga qaraganda kaliy-41 og‘ir izotoplari ko‘proq bo‘lgan. Nazariy hisob-kitoblar Oyning Yerdagi normal atmosfera bosimidan taxminan o‘n barobar yuqori bosim ostida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ikkinchi modul bu taxminni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yo‘ldoshning paydo bo‘lishiga doir standart izohga ko‘ra, Yer Mars hajmidagi osmon jismi qoldiqlari bilan to‘qnashgan va keyinchalik uning bo‘laklaridan (sayyora mantiyasidan emas) Oy hosil bo‘lgan. 1970-yillar o‘rtalarida shakllangan bu gipoteza bugungi kunga qadar umumiy hisoblangan.
Mavzuga oid
16:27 / 29.10.2024
Yer atmosferasining ifloslanishi rekord darajaga yetdi
00:32 / 25.10.2024
Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi. Bu Yerda magnit bo‘ronini yuzaga keltirishi mumkin
23:34 / 18.10.2024
Yevropa rasman Moonlight kosmik dasturini ishga tushiradi
11:26 / 01.10.2024