“Artemida-2” missiyasi astronavtlari duşanba, 6 aprel kuni, “Orion” kosmik kemasida Yerdan insoniyatning kosmik parvozlar tarixi davomidagi eng uzoq masofasigaça borib, rekord örnatdi: 407 000 kilometr.

AQŞning Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq etiş boşqarmasi (NASA) X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qilişiça, bu 1970 yildagi “Apollon-13” missiyasi davomida örnatilgan avvalgi rekorddan 4102 milyaga (taxminan 6500 km) köproqdir.

Şu kunning özida, ya’ni 6 aprel kuni avvalroq, “Orion” Oyning tortiş kuçi Yernikidan kuçliroq ta’sir qiladigan hududga kirdi. NASA ma’lumotiga köra, öşa paytda kema sayyoraning tabiiy yöldoşi sirtidan taxminan 63 000 km, Yerdan esa taxminan 232 000 km masofada bölgan.

“Orion” kemasi 1 aprel kuni AQŞning şarqiy sohilidan uçirilgan edi. Uning bortida NASA astronavtlari Rid Uaysmen, Viktor Glover va Kristina Kuk, şuningdek, Kanada kosmik agentligi astronavti Jyeremi Xansen bor.

Ekipaj 10 sutka davomida Yerning tabiiy yöldoşi — Oyni aylanib çiqib, söng Yerga qaytişi kerak.

Bundan taşqari, missiya iştirokçilari yangi skafandrlarni ham sinab kördi. Ular avtonom rejimda olti kungaça nafas oliş imkonini ta’minlay oladi.